avatar
Edu.uz
@eduuz
06.08.2026 08:40
Uzoq masofadan boshqariladigan mini sapyor

Ixtiyor Sadullayev boshchiligidagi Armor Dengjen Viks jamoasi “Kelajak muhandislari” tanlovida maxsus xavfli hududlarda razvedka olib borish va xavfli moddalarni zararsizlantirishga mo‘ljallangan uzoq masofadan boshqariladigan mini sapyor loyihasini taqdim etdi.

Qurilma Si Uni7 Pro pulti orqali boshqariladi. Issiqlikka bardoshli alyuminiy korpus va 35–50 darajagacha bo‘lgan balandlik hamda qiyaliklarda harakatlana oladigan zanjirli harakatlanish tizimi uni murakkab sharoitlarda ham samarali ishlashini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, mini sapyor 4–5 soat davomida uzluksiz ishlay oladi. Ushbu loyiha xavfli hududlarda inson hayotini asrash, razvedka ishlarini olib borish va zararsizlantirish jarayonlarini xavfsiz tashkil etishga xizmat qiladi.


#KelajakMuhandislar #Ishlanmalar

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
8
👍 3
🔥 1
1 17 10K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz

161.5K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram