avatar
Paiziev24
@paiziev24
23.07.2026 13:40
Startap asoschisi sifatida sizda faqat ikki yo‘l bor: virus bo‘lish yoki dinozavr bo‘lish. Tabiatda ikkalasi ham eng kuchli mavjudotlar hisoblanadi.

1-yo‘l: Dinozavr bo‘lish

Maqsadingiz — tobora kattalashib borish. G‘oya oddiy: mavjud mijozlaringizga doimiy ravishda yangi mahsulot va xizmatlarni sotishingiz mumkin. Salesforce kabi kompaniyalar bu strategiyani juda yaxshi amalga oshirgan.

2-yo‘l: Virus bo‘lish

Siz bitta mahsulot yoki biznes yo‘nalishiga maksimal darajada fokuslanasiz. Tashkilot va asosiy jamoani esa juda kichik, ixcham va samarali saqlaysiz. Cursor va Instagram* bunga misol: ikkala kompaniya ham juda kichik jamoalar bilan ulkan biznes qura oldi.

Bu yerda noto‘g‘ri tanlov yo‘q. Lekin siz ulardan birini tanlashingiz kerak.

manba

@paiziev24
👍 61
9
🔥 8
3
🫡 1
16 63 6.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 16

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Paiziev24

12.1K
Akmal Paiziev — MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack asoschisi va hozirda Numeo.ai ustida ishlayapman.
Открыть в Telegram