avatar
Paiziev24
@paiziev24
22.07.2026 03:48
Bugun dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri - Volkswagen Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari bosimi va global raqobat kuchaygani fonida 100 mingtagacha ish o‘rnini qisqartirishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu kompaniya tarixidagi eng yirik restrukturizatsiyalardan biri bo‘lishi mumkin.

Bu faqat Yevropa muammosi emas. Yaqin yillarda Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilarining bosimi AQSh ishlab chiqaruvchilariga ham tobora kuchayadi. Tariflar va boshqa himoya choralariga qaramay, ko‘plab Xitoy kompaniyalari elektr avtomobillar, dasturiy ta’minot va narx bo‘yicha juda agressiv raqobat qilmoqda.

Avtomobil sanoatida yangi davr boshlandi. Endi liderlarni nafaqat motor, balki dasturiy ta’minot, batareya texnologiyasi, ishlab chiqarish tezligi va xarajat samaradorligi belgilaydi.

@paiziev24
72
👍 49
8
🔥 2
🤔 1
🙏 1
👨‍💻 1
3 50 8.6K

Обсуждение 3

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Paiziev24

12.1K
Akmal Paiziev — MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack asoschisi va hozirda Numeo.ai ustida ishlayapman.
Открыть в Telegram