Klassik fantastika ssenariylari asta-sekin real hayotga ko‘chayotganga o‘xshaydi. Endi kasaba uyushmalari robotlarga qarshi kurashni boshlayapti. Qizig‘i, robotlar hali kelmasidan oldin :)
Janubiy Koreyadagi Hyundai Motor zavodlari ishchilari ish haqi bo‘yicha muzokaralar kelishmovchilikka uchragach, uch kunlik qisman ish tashlash o‘tkazdi. Talablar orasida ish haqini oshirish bilan birga, kelajakda zavodlarga Boston Dynamics’ning Atlas odamsimon robotlari joriy qilinishi fonida ish o‘rinlarini saqlab qolish kafolati ham bor.
Eng qizig‘i, Atlas robotlarini Hyundai’ning AQShdagi zavodlariga integratsiya qilish 2028-yildan rejalashtirilgan, Koreyadagi zavodlar haqida esa hozircha aniq reja yo‘q. Lekin kasaba uyushmalari robototexnika rivojiga juda ishonayotganga o‘xshaydi :)
Bir necha yildan keyin bu voqealar qanday rivojlanishini kuzatish qiziq bo‘ladi. Tarixda texnologik taraqqiyotga qarshi ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun kurash ba’zida teskari natija bergan: raqobatga bardosh bera olmagan korxonalar yopilgan va bandlik masalasi o‘z-o‘zidan “hal bo‘lgan”. Faqat kasaba uyushmalari xohlagan shaklda emas.
https://www.inc.com/victoria-salves/why-hyundai-workers-walked-off-job-for-second-year-in-a-row/91373130
@paiziev24
Обсуждение 8
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram