O’zbekistonda katta muammolardan biri - ish beruvchi va potensial kandidatlarni to’g’ri match qiladigan zamonaviy AI platforma yo’qligi (Google for talent).
Hozirgi recruiting bozori juda analog ishlaydi:
ish beruvchi Telegram kanalga yoki job platformaga e’lon joylaydi, uni esa faqat cheklangan auditoriya ko’radi. Eng katta muammo shundaki, ko’p kuchli mutaxassislar ish qidirmaydi — lekin yaxshi imkoniyatga ochiq bo’ladi.
AQShda bu muammoni LinkedIn hal qilgan. LinkedIn kerakli vakansiyalarni kerakli auditoriyaga yetkazadi. Lekin O’zbekistonda LinkedIn keng ishlamaydi:
foydalanuvchilar soni kam,
ko’pchilik professional profil yuritmaydi,
recruiter mahsulotlari qimmat,
va lokal bozorga moslashmagan.
Masalan, biz Numeoda Product Manager qidirayotgan bo’lishimiz mumkin. Bizga aynan PM tajribasi bo’lishi shart emas — lekin:
analitik fikrlashi kuchli bo’lishi,
AQSh vaqti bilan ishlay olishi,
ingliz tilida ishlash tajribasi,
jarayonlarni tushunishi muhim.
AI esa bunday kandidatlarni noodatiy joylardan topishi mumkin:
masalan logistika kompaniyasidagi accountant yoki AQSh bozori bilan ishlayotgan developer orasidan.
Chunki AI transferable skills’ni ko’ra oladi.
Kelajakdagi recruiting platformasi CV bazasi emas, balki:
AI recruiter,
AI career coach,
AI screener,
AI salary advisor bo’ladi.
Platforma kandidatlarga ham qiymat beradi:
bozordagi qiymatini ko’rsatadi,
qaysi skill’lar maoshni oshirishini aytadi,
qaysi rollarga mosligini hisoblaydi.
Eng muhimi — platforma kontaktlarni to’g’ridan-to’g’ri bermaydi. O’rtada AI orchestrator bo’ladi:
u ikkala tomonni tushunadi, filtrlaydi va moslashtiradi.
Buni yaxshi qila olgan kompaniya juda katta network effect yaratadi. Chunki recruiting bozori hali ham juda sust va qo’lda ishlaydi. AI esa uni to’liq avtomatlashtirishi mumkin.
Agar kimdir shu muammoga to’g’ri yechim bera olsa, o’zim angel investitsiyasi kiritar edim.
@paiziev24
Обсуждение 29
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram