Bugun xalqimizning sevimli shoiri, vatan, yurt, xalq kuychisi Muhammad Yusufning tug‘ilgan kuni. Shoir hayot bo‘lganida 72 yoshni qarshilagan bo‘lardi.
"Rimni alishmasman bedapoyangga...", "Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men..." , "O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim, o‘zingdan-a...." , "Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston...", "O‘zing meni ulug‘lardan ulug‘imsan, vatanim". Bu misralar bugun barchamizga yod bo‘lib ketgan.
Shoir xalq qalbiga yaqin, o‘zidek sodda, samimiy o‘xshatishlari bilan yuragimizdan joy olgan.
Shoir o‘lmaydi, degan gap bor. Bu gap Muhammad Yusuf haqida aytilgandek. U hali hamon she’rlari bilan qalbimizda yashab kelmoqda. Vatan muhabbatiga yuraklarimizda bir haykal o‘rnatganki, uni hech kim olib tashlolmaydi.
Uning tug‘ilgan kuni barchamizning Vatanga muhabbatimiz izhor qilinadigan kunimizga ham aylangan. Vatanga bunday samimiy dil izhorlarimiz shoir she’rlari orqali doimo abadiydir.
@otabek_khasanov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram