avatar
Otabek Hasanov
@otabek_khasanov
28.04.2026 14:23
O‘zbek adabiyoti tarixida Qo‘qon adabiy muhitining o‘rni beqiyos. Bu zaminda 300 dan ziyod shoir va adib yashab, ijod qilgan.

Shunday adiblarni yetishtirgan Qo‘qon UNESCOning “Adabiyot shahri” maqomini olishga ham munosib. Lekin bunday boy meros haligacha tizimli o‘rganilmagani, ilmiy tadqiqotlar olib borilmagani qayd etildi

Shu bois, Qo‘qon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratish, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish taklif qilindi.

Axborot xurujlari avj olayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi. Shuning uchun bu yil viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi.

Prezidentimiz “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini o‘tkazish, ushbu tadbirga dunyoning mashhur yozuvchi va shoirlarini taklif qilish tashabbusini bildirdi.
👍 5
3
11 1.4K
avatar
Otabek Hasanov
@otabek_khasanov
27.04.2026 23:09
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Margʻilon shahridagi “Burhoniddin Margʻinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasining ochilish marosimidagi nutqi


@otabek_khasanov
13
👍 9
13 1.5K
avatar
Otabek Hasanov
@otabek_khasanov
27.04.2026 13:20
Prezidentimiz Farg‘ona viloyatiga kelgach, Qo‘qon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" massivi bilan tanishdi.


@otabek_khasanov
👍 16
👏 4
🔥 3
1
25 3.5K
avatar
Otabek Hasanov
@otabek_khasanov
26.04.2026 14:20
👍 13
🔥 3
1
10 1.6K
avatar
Otabek Hasanov
@otabek_khasanov
26.04.2026 14:04
Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi, Yakkasaroy tuman hokimligi hamda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi hamkorligida tumandagi “Doʻstlik” bogʻida haftaning har shanba-yakshanba kunlarida ochiq osmon ostida kino haftalik tashkil etilmoqda.

Kecha haftalik doirasida “Oʻzbek qizi” badiiy filmining namoyishi tashkil etildi.


🔵 Tadbir avvalida esa tuman madaniyat boʻlimi sanʻatkorlari tomonidan kuy-qoʻshiqlar yangrab, yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashildi.

🎬 Kino haftaligi davomida aholiga milliy kino durdonalarini keng targʻib etish, madaniy hordiq baxsh etish koʻzda tutilgan.
👍 15
1
10 1.2K
avatar
Otabek Hasanov
@otabek_khasanov
26.04.2026 12:28
Bugun xalqimizning sevimli shoiri, vatan, yurt, xalq kuychisi Muhammad Yusufning tug‘ilgan kuni. Shoir hayot bo‘lganida 72 yoshni qarshilagan bo‘lardi.

"Rimni alishmasman bedapoyangga...", "Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men..." , "O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim, o‘zingdan-a...." , "Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston...", "O‘zing meni ulug‘lardan ulug‘imsan, vatanim". Bu misralar bugun barchamizga yod bo‘lib ketgan.


Shoir xalq qalbiga yaqin, o‘zidek sodda, samimiy o‘xshatishlari bilan yuragimizdan joy olgan.

Shoir o‘lmaydi, degan gap bor. Bu gap Muhammad Yusuf haqida aytilgandek. U hali hamon she’rlari bilan qalbimizda yashab kelmoqda. Vatan muhabbatiga yuraklarimizda bir haykal o‘rnatganki, uni hech kim olib tashlolmaydi.

Uning tug‘ilgan kuni barchamizning Vatanga muhabbatimiz izhor qilinadigan kunimizga ham aylangan. Vatanga bunday samimiy dil izhorlarimiz shoir she’rlari orqali doimo abadiydir.

@otabek_khasanov
13
👍 10
110 10.8K
avatar
Otabek Hasanov
@otabek_khasanov
24.04.2026 17:01
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Birinchi chorak yakuni bilan yalpi ichki mahsulotimiz 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,1 foizga o‘sdi. Eksport 5,8 milliard dollarni, xorijiy investitsiya hajmi esa 13,7 milliard dollarni tashkil qildi. Inflyatsiya yillik hisobda birinchi marta 7,1 foizgacha pasaydi.

Bularning hisobiga yanvar-mart oylarida budjet daromadlari o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘payib, 103 trillion so‘mga yetdi. Mahalliy budjetlarda qo‘shimcha 2 trillion 200 milliard so‘m mablag‘ shakllandi.

Muhimi, shundan 1 trillion 400 milliard so‘m tuman va shaharlar ixtiyorida qoldi.

“Kelasi oy 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizini ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqaramiz. Bu Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil qilib, 13 ta strategik korxona boshqaruvini nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasiga berganimiz uchun bo‘lyapti.

Bir narsani bilinglar: iqtisodiyotimizni xalqaro miqyosda yangi darajaga olib chiqish uchun chuqur o‘ylab, yakuniy qarorga kelganmiz”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook*|
Instagram*|X
👍 12
2
11 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Otabek Hasanov
@otabek_khasanov
24.04.2026 14:08
#rahbar_yoshlar_uchrashuvi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida Otabek Hasanov Markazning Raqamli targ‘ibot bo‘limida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan “So‘z”, “Vatan playlisti”, “Munozara podkasti”, “Ziyolilar” hamda “Milliy manga” kabi loyihalar muhokama qilinarkan, asosiy e’tibor har bir loyihani yoshlarga mos, kreativ va interaktiv shaklda tayyorlash barobarida ularda milliy qadriyatlarimizni chuqur aks ettirish masalasiga qaratildi.

Zamon bilan hamnafas, mazmunan boy va ta’sirchan kontent yaratish bugunning eng muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
👍 17
🔥 3
2
7 1.9K
avatar
Otabek Hasanov
Переслано от Siyosiy ma'rifat
24.04.2026 08:01
#16_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.

Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.

Biz bilan kuzatib boring!

Telegram | Instagram*
👍 16
5
👏 2
117 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Otabek Hasanov
Переслано от MARKAZ XABARLARI
23.04.2026 19:10
#oavda_biz
#yangilanish_shiddati

Yuqori Chirchiq tumanida ochilgan Ma’naviyat hiyoboni chinakam ma’rifat va ezgulik oshiyoniga aylanmoqda!


Shahlo Shoyimova - Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yuqori Chirchiq tumani bo'linmasi rahabri

Rasmiy sahifalarimiz👇
telegram | Facebook*
YouTube | Instagram*
👍 12
5
🔥 4
👏 2
10 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Otabek Hasanov
Переслано от OYINA.UZ
23.04.2026 16:26
“Qiblanamomiz mili raso bo‘lsin” – Otabek Hasanov ma’naviyat, o‘zlik, insoniylik shartlari haqida

To‘g‘ri, an’analar ko‘z ochib-yumguncha o‘zgarib qolmaydi, bunga yillar kerak. Ammo oyog‘imizga tushov bo‘layotgan odatlardan dadil voz kechmasak, bir yerda depsinib turaveramiz. Ko‘pchilik barini qonun yo‘li bilan, qat’iy tartib-qoida asosida izga solish kerak, deydi. Bu taklifda ham jon bor, lekin faqat ma’muriy cheklovlar bilan inson dunyoqarashi, ong-u tafakkuri isloh bo‘lmaydi-da. Jamiyatimizga xatti-harakatlarining oqibatini anglaydigan sergak SHAXSlar kerak. Ularni esa ma’naviyat, ma’rifat orqali tarbiyalash mumkin.


Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4617

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram* | X | YouTube
👍 24
4
13 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Otabek Hasanov

7K
Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари,
сиёсий фанлар доктори

Facebook*: https://www.facebook*.com/otabek.hasanov.75
Instagram*: https://www.instagram*.com/otabek_khasan/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram