Orif Tolib
Фото:
Matningiz oʻrtasiga kelib oʻquvchi uxlab qolyaptimi?
(Siz “Gapiruvchi boshlar” tuzogʻiga tushgansiz)
Arzon seriallarni koʻrganmisiz? Ikki kishi roʻpara turib oladi va soatlab gaplashadi. Fonda faqat musiqa oʻzgaradi xolos.
Odamning uyqusi keladi, toʻgʻrimi? 🥱
Afsuski, koʻp matnlarda ham qahramonlar xuddi shunday – “gapiruvchi boshlar”ga aylanib qoladi. Ular faqat quruq axborot almashadi.
Hayotda esa unday emas. Biz gaplashayotganda choy damlaymiz, derazadan qaraymiz yoki koʻzimizni olib qochamiz.
☝️ Oltin qoida: dialog va harakatni birlashtiring.
Odam tili bilan aldashi mumkin, lekin tanasi doim rost soʻzlaydi. Bu – tagmaʼno (subtekst).
Farqni his qiling:
❌ Havaskor uslub (shunchaki aytish):
– Men juda asabiylashyapman, – dedi u.
Oʻquvchi shunchaki maʼlumot oldi. His qilmadi.
✅ Professional uslub (harakat orqali koʻrsatish):
– Hammasi joyida, xavotirga oʻrin yoʻq, – dedi u va stoldagi qogʻozni maydalab tashladi.
Sezdingizmi? Tili “yaxshi” deyapti, qoʻli esa ichidagi boʻronni fosh qilyapti. Matn shunda ishonchli chiqadi!
💎 Qahramonni “muzlatib” qoʻymang:
▫️koʻzini olib qochsin yoki qattiq tikilsin;
▫️ biror yumush bilan band boʻlsin;
▫️ tana tili soʻzlarini inkor etsin.
⏳ Nazariya tushunarlimi?
Reaksiyangiz orqali bilib olaman:
🔥 – Ha, juda foydali!
🤔 – Savollarim qoldi / Qiyinroq ekan.
📅 Tayyor turing! Nasib qilsa, ertaga soat 10:00 da kanalda kichik imtihon boʻladi.
Unda siz xom matnni professional matndan ajrata olasizmi, yoʻqmi – sinab koʻramiz.
Oʻtkazib yubormaslik uchun bildirishnomani yoqib qoʻying! 🔔
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Oʻquvchini yosh bola deb hisoblamang!
Hech eʼtibor berganmisiz, agar kimdir aytgan latifasini oxirida tushuntira boshlasa, u umuman kulgili boʻlmay qoladi.
Nega? Chunki latifaning mazasi uning magʻzini oʻzingiz chaqishingizda.
Matn ham xuddi shunday.
Agar siz oʻquvchiga hamma narsani chaynab, ogʻziga solib qoʻysangiz, uning oʻylash zavqini oʻldirasiz.
Ernest Hemingueyning mashhur
“Aysberg nazariyasi” bor:
Aysbergning ulugʻvorligi shundaki, uning faqat sakkizdan bir qismi suv ustida koʻrinadi, qolgani suv ostida yashirin.
Bu nazariya shunchaki “qisqa yozish” degani emas. Bu –
“Bilib turib aytmaslik” sanʼati.
Siz muallif sifatida qahramoningizning nonushtaga nima yeganini ham, bolalikdagi travmalarini ham bilishingiz shart.
Lekin bularning barini qogʻozga toʻkmaysiz. Siz aysbergning uchini koʻrsatasiz xolos.
Sir shunda:
Siz uning dardini bilganingiz uchun qahramon haqida shunchaki “suv ichdi” deb yozganingizda ham, oʻquvchi oʻsha harakat ortidagi ogʻirlikni his qiladi.
@oriftolib |
Boshqa sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram