avatar
Nurobod tumani hokimligi
@nur_press
10.08.2026 15:20
Nakapitelniy Effekt – hayotingizni o‘zgartiradigan kuch

Ko‘pchilik o‘zgarish bo‘lishini istaydi, lekin tez natija kutadi. Aslida esa hayotdagi eng katta natijalar – sekin, ammo uzluksiz harakatlardan tug‘iladi. Bunga nakapitelniy effekt deyiladi.

♻️Bu nima degani

Nakapitelniy effekt – bu kichik-kichik harakatlarning vaqt o‘tishi bilan katta o‘zgarishlarga olib kelish jarayonidir.

— Har kuni atigi 10 daqiqa ingliz tili o‘rganish;
— Har kuni bitta foydali kitobdan 5 bet o‘qish;
— Har kuni 15 daqiqa yugurish.

Bu narsalar bir oyda katta o‘zgarish qilmaydi. Lekin 6 oyda, 1 yilda – sizni boshqa darajadagi insonga aylantiradi.

Esda tuting: “Katta o‘zgarishlar – doimiy kichik harakatlar natijasidir. Baraka, bilim, kuch – yig‘ilib boradi, birdan emas.”

@nur_press
😁 3
2
👏 2
3 943
avatar
Nurobod tumani hokimligi
@nur_press
10.08.2026 14:16
Samarqand viloyatidan Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkalarini "E-auksion" platformasidan sotib oling!

Samarqand shahridan 1 ta (ko'rish)
Kattaqo'rg'on shahridan 87 ta (ko'rish)

✅ Oqdaryo tumanidan 9 ta (ko'rish)
Bulung`ur tumanidan 8 ta (ko'rish)
Jomboy tumanidan 33 ta (ko'rish)
Ishtixon tumanidan 84 ta (ko'rish)
Kattaqo'rg'on tumanidan 197 ta (ko'rish)
Qo'shrabot tumanidan 245 ta (ko'rish)
Narpay tumanidan 31 ta (ko'rish)
Payariq tumanidan 102 ta (ko'rish)
Pastdarg`om tumanidan 23 ta (ko'rish)
Paxtachi tumanidan 5 ta (ko'rish)
✅ Samarqand tumanidan 259 ta (ko'rish)
Nurobod tumanidan 113 ta (ko'rish)
Urgut tumanidan 47 ta (ko'rish)
Toyloq tumanidan 14 ta (ko'rish)

🎞 e-auksion.uz video

🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️

@nur_press
2
1 1.6K
avatar
Nurobod tumani hokimligi
@nur_press
10.08.2026 12:34


Kadastrdagi o'zgarishlar haqida odamlar qanday fikrda?

Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilgan xatlov jarayonlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda.

Ushbu video lavhada aynan shu jarayonlardan o‘tgan fuqarolarimizning samimiy fikrlari, quvonchi va minnatdorligi aks etgan.

Bugungi kunda millionlab obyektlar xatlovdan o‘tkazilib, bu jarayon izchil davom etmoqda .

Batafsil videoda

@nur_press
2
👍 2
6 1.3K
avatar
Nurobod tumani hokimligi
@nur_press
10.08.2026 07:40
Yagona Vatan, yagona xalq — yagona maqsad sari!

Samarqand shahridagi Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayram tantanalari munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida katta tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Bayramona tadbirda Nurobod tumani Madaniyat bo‘limi san’atkorlari hamda 18-son bolalar musiqa va san’at maktabining iqtidorli ijodkorlaridan tashkil topgan ansambllar, xonandalar va raqqosalar munosib ishtirok etishdi.

Nurobodlik san’atkorlar tomonidan ijro etilgan sara kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar va betakror sahna chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ijodkorlarning mahorati, sahnadagi jo‘shqinligi va milliy san’atimizga bo‘lgan yuksak e’tibori bayram tadbiriga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Ayniqsa, yosh ijrochilarning sahnadagi chiqishlari Nurobod tumanida san’at va madaniyatga, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Mustaqillik bayrami — xalqimizning erkinligi, bunyodkorligi, birdamligi va yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchini tarannum etuvchi ulug‘ ayyomdir.

Nurobodlik san’atkorlarning ushbu nufuzli bayram tadbiridagi munosib ishtiroki esa “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oyaning san’atdagi go‘zal ifodasiga aylandi.

@nur_press
1
🥰 1
1 1.5K

Nurobod tumani hokimligi

12.1K
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook*: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram