Yagona Vatan, yagona xalq — yagona maqsad sari!
Samarqand shahridagi
Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining
35 yillik bayram tantanalari munosabati bilan
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida katta tantanali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bayramona tadbirda Nurobod tumani
Madaniyat bo‘limi san’atkorlari hamda
18-son bolalar musiqa va san’at maktabining iqtidorli ijodkorlaridan tashkil topgan ansambllar, xonandalar va raqqosalar munosib ishtirok etishdi.
Nurobodlik san’atkorlar tomonidan ijro etilgan sara kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar va betakror sahna chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ijodkorlarning mahorati, sahnadagi jo‘shqinligi va milliy san’atimizga bo‘lgan yuksak e’tibori bayram tadbiriga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ayniqsa, yosh ijrochilarning sahnadagi chiqishlari
Nurobod tumanida san’at va madaniyatga, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi.
Mustaqillik bayrami — xalqimizning erkinligi, bunyodkorligi, birdamligi va yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchini tarannum etuvchi ulug‘ ayyomdir.
Nurobodlik san’atkorlarning ushbu nufuzli bayram tadbiridagi munosib ishtiroki esa “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oyaning san’atdagi go‘zal ifodasiga aylandi.
@nur_press
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram