avatar
Birga kitob o‘qiymiz
@kitobxonyoshlar
06.08.2026 04:42
Nakapitelniy Effekt – hayotingizni o‘zgartiradigan kuch!

Ko‘pchilik o‘zgarish bo‘lishini istaydi, lekin tez natija kutadi. Aslida esa hayotdagi eng katta natijalar – sekin, ammo uzluksiz harakatlardan tug‘iladi. Bunga nakapitelniy effekt deyiladi.

Bu nima degani?
Nakapitelniy effekt – bu kichik-kichik harakatlarning vaqt o‘tishi bilan katta o‘zgarishlarga olib kelish jarayonidir.

Har kuni atigi 10 daqiqa ingliz tili o‘rganish;
Har kuni bitta foydali kitobdan 5 bet o‘qish;
Har tong bir duoni doim takrorlash;
Har kuni 15 daqiqa yugurish.

Bu narsalar bir oyda katta o‘zgarish qilmaydi. Lekin 6 oyda, 1 yilda – sizni boshqa darajadagi insonga aylantiradi.

Bu effekt qayerda ishlaydi?

Moliyaviy mustaqillikda – oz-ozdan jamg‘arish
Til o‘rganishda – har kun 10 ta so‘z
Salomatlikda – har kuni sog‘lom tanlov
Ma’naviy o‘sishda – doimiy zikr, Qur’on, ilm
Bolalarni tarbiyalashda – har kuni mehrli muloqot

Ammo ko‘pchilik nima qiladi?

“Keyin boshlayman” deydi.
Bir kun ko‘p o‘rganadi, keyin 5 kun tanaffus.
Harakat qiladi, natija ko‘rinmagach tashlab yuboradi.

Natijada – hech qanday nakapitelniy effekt bo‘lmaydi.

Esda tuting: “Katta o‘zgarishlar – doimiy kichik harakatlar natijasidir. Baraka, bilim, kuch – yig‘ilib boradi, birdan emas.”

emojiKitobxonyoshlar obuna bo‘ling
🔥 13
❤‍🔥 7
4
👍 2
46 4.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Birga kitob o‘qiymiz

96.4K
☝️ Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash

Kanal muallifi: @izzatxoja_asomiddinov

🤝 Reklama uchun: @hamkoradmin
Открыть в Telegram