avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
24.07.2026 09:03
Tanishing: mahalliy ekspertimiz

Dilfuza Egamberdiyeva
— Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori o‘rinbosari, professor hamda qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi bo‘yicha xalqaro ekspert.

Uning ilmiy va ekspertlik faoliyati qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan qishloq xo‘jaligi va barqaror agrotexnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Professor Dilfuza Egamberdiyeva dunyoning nufuzli ilmiy markazlari:

➖Angliyaning Manchester universiteti (QS reytingida 35-o‘rin);
➖Finlyandiyaning Helsinki universiteti (117-o‘rin);
➖Niderlandiyaning Leyden universiteti (119-o‘rin)
➖Germaniyaning Gumboldt universiteti (130-o‘rin);
➖Italiyaning Florensiya universitetida faoliyat olib borgan (358-o‘rin).

Dilfuza Egamberdiyeva O‘zbekistondagi eng yuqori h-indeks (h-index 54) ko‘rsatkichiga ega olimalardan biri bo‘lib, uning ilmiy ishlari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan.


English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
11 2.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

3.4K
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Veb-sayt: nqaae.uz
Instagram*: instagram*.com/nqaaeuz
Facebook*: facebook*.com/nqaaeuz
Aloqa bot: @nqaaeuzbot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram