avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
08.08.2026 06:09
Akreditatsiyaga tekshiruv emas, rivojlanish imkoniyati sifatida qarash kerak

Markaziy Osiyo universiteti (CAU) Tibbiyot fakulteti dekani Murodbek Ahrorov kompleks davlat akkreditatsiyasining oliygohlar rivojidagi o‘rni va ushbu jarayonning amaliy ahamiyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
9 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
07.08.2026 08:05
Education World Forum podkastida Oʻzbekistonda taʼlim sifati islohotlari haqida soʻz yuritildi

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo'ldoshev taʼlim sohasidagi eng nufuzli xalqaro platformalardan biri — Education World Forum'ning EWF Conversations podkasti mehmoni boʻldi.

EWF dasturi direktori Fabrizio Trifirò bilan suhbatda Oʻzbekistonda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, taʼlim sifatini taʼminlash va mamlakatni mintaqaviy taʼlim xabiga aylantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🎧 Podkastni havola orqali tinglashingiz mumkin: Podkast

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
6 7.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
07.08.2026 06:42
Yana 3 ta oliygohning yangi ta'lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tdi

3 ta oliygohning 6 ta yangi ta'lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazildi.

Davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta'lim dasturlari:

Buxoro davlat pedagogika instituti – 3 ta bakalavriat ta'lim dasturi:

➖Sun'iy intellekt;
➖Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➖Xorijiy til va adabiyoti (koreys tili).

Samarqand davlat pedagogika instituti – 1 ta bakalavriat ta'lim dasturi:

➖Sun'iy intellekt.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali – 2 ta bakalavriat ta'lim dasturi:

➖Matematika (bakalavriat);
➖Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) (magistratura).


Mazkur ta'lim dasturlari mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Havolalar orqali oliygohlar faoliyatiga oid ma'lumotlar bilan tanishishingiz hamda sertifikatlarni yuklab olishingiz mumkin.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
10 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
06.08.2026 04:47
Xalqaro ekspert: Akkreditatsiya talabalarga taqdim etilayotgan ta’lim imkoniyatlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi


Germaniyaning Frankfurt Gyote universiteti (dunyo reytingida 201–250-o'rin) professori, xalqaro ekspert Luciano Rezzolla Markaziy Osiyo universiteti (CAU)da o‘tkazilayotgan kompleks davlat akkreditatsiyasiga raislik qilmoqda.

Videoda professor ta’lim sifatini baholashning ahamiyati va uning universitetlar hamda talabalar uchun qanday imkoniyatlar yaratishi haqida fikr bildiradi.

Professor Luciano Rezzolla — nazariy astrofizika sohasidagi dunyoning yetakchi olimlaridan biri. U 350 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, insoniyat tarixidagi ilk qora tuynuk tasvirini yaratgan Event Horizon Telescope xalqaro hamkorligi boshqaruv kengashi a’zolaridan biri hisoblanadi.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
14 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
04.08.2026 11:38
Andijon davlat texnika institutining yangi taʼlim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtdi

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi huzuridagi ekspertlar komissiyasi tomonidan Andijon davlat texnika institutining 11 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Baholash jarayonlarida 10 nafar mahalliy va 10 nafar xorijiy ekspert ishtirok etib, taʼlim dasturlarining amaldagi davlat talablarini oʻrgandi.

Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim dasturlari:

Bakalavriat – 10 ta taʼlim dasturi
➖Kompyuter injiniringi (kunduzgi, kechki);
➖Axborot xavfsizligi (kunduzgi, kechki);
➖Arxitektura;
➖Transport vositalari muhandisligi;
➖Kadastr;
➖Biznesni boshqarish;
➖Energetika muhandisligi;
➖Elektr muhandisligi.

Magistratura – 1 ta taʼlim dasturi
➖Marketing.


Mazkur universitet haqidagi ma'lumotlar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
24 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
04.08.2026 06:36
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi

“Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi”da kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan 7 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim dasturlari:

➖Housekeeping xizmatlarini tashkil etish va sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlash;
➖Tur agentlik faoliyati: turistlarni jo‘natish;
➖Mehmonxona qabulxonasi (Front Office) xizmatlarini professional darajada tashkil etish;
➖ Turoperatorlik: turistlarni qabul qilish;
➖ Professional gid-ekskursovod tayyorlash;
➖ Turizm va mehmondo‘stlik;
➖Professional gid-ekskursovod tayyorlash kursi.


Ta’lim dasturlarini baholash jarayonida 2 nafar mahalliy va 2 nafar xorijiy ekspert ishtirok etdi.

Quyidagi havola orqali maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta’lim dasturlari sertifikatlarini yuklab olishingiz mumkin.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
15 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
01.08.2026 08:38
Ekspertlar safida talaba

30–40 yillik tajribaga ega ekspertlar bilan bir jamoada faoliyat yuritish katta sharaf, beqiyos tajriba va yuksak mas’uliyat

Davlat akkreditatsiyasi jarayonida ilk bor
talaba-ekspert sifatida Abdujabbor Imomkulov ishtirok etmoqda.

Ayni damda Central Asian Universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari o‘tkazilmoqda. Ekspertlar guruhi tarkibida 20 dan ortiq mahalliy va xalqaro ekspertlar faoliyat olib bormoqda.

Ushbu akkreditatsiyaning o‘ziga xos jihati shundaki, baholash jarayoniga ekspert sifatida talaba ham jalb etilgan.

Biz talaba-ekspertdan mazkur jarayondagi ishtirok taassurotlari haqida so‘radik.

Intervyuda u o'zining ilk taassurotlari, ekspertlar guruhidagi o‘rni hamda bunday muhim jarayonlarda yoshlarning ishtirok etishi nima uchun muhim ekani haqida so‘zlab berdi.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
20 3.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
01.08.2026 05:56
Yana 3 ta oliygohning yangi ta’lim dasturlari davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazildi

3 ta oliy ta’lim tashkilotining bakalavriat ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari:

Xalqaro ijtimoiy innovatsiyalar universiteti:

➖Siyosatshunoslik.

Turkiy davlatlar xalqaro universiteti:

➖Oziq-ovqat texnologiyasi.

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti:

➖Biznesni boshqarish;
➖Menejment.

Universitetga berilgan havolalarda ularning faoliyatiga oid ma'lumotlar hamda yangi ta'lim yo'nalishlarining sertifikatlari joylashtirilgan.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
5 2.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
31.07.2026 04:33
Germaniyaning Akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash instituti (ACQUIN) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Hamkorlik doirasida oliygohlarning sifatni ta’minlash mutaxassislari uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ekspertlar almashinuvini tashkil etish hamda oliygohlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishildi.


ACQUIN O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkilotlaridan biri hisoblanadi.

Bugunga qadar ACQUIN tomonidan 4 ta oliygohning 39 ta taʼlim dasturi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan va tan olingan.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
16 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
30.07.2026 04:39
Xalqaro Nordik universitetining 6 ta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Xalqaro Nordik universitetining yangi ta’lim dasturlari 6 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert tomonidan baholandi.

Akkreditatsiyadan o'tgan ta’lim dasturlari:

Bakalavriat 4 ta:
➖Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili);
➖Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili);
➖Buxgalteriya hisobi;
➖Bank ishi.

Magistratura 2 ta:
➖Tarix;
➖Biznesni boshqarish (MBA).


Xalqaro Nordik universitetiga oid barcha ma'lumotlar hamda akkreditatsiyadan o‘tgan yangi ta'lim dasturlari sertifikatlari bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
19 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
29.07.2026 09:47
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 6 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining yangi taʼlim dasturlari talabga muvofiq deb topildi.

Baholash jarayonlari 7 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert ishtirokida amalga oshirildi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan taʼlim dasturlari:
Bakalavriat:
➖Mexanika va matematik modellashtirish;
➖Kartografiya va masofadan zondlash;
➖Sport faoliyati: kurash;
➖Sport faoliyati: voleybol;
➖Sunʼiy intellekt.

Magistratura:
➖Matematik injiniring.

Universitet faoliyatiga oid batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
28 3.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
29.07.2026 06:05
Ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisi ta’lim sifatiga mas’ul bo‘lishi kerak


Ta’lim dasturlari uchun akkreditatsiya nima beradi? U universitet faoliyatida qanday o‘zgarishlarni boshlab beradi? Nima uchun ta’lim sifati uchun mas’uliyat ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisiga tegishli?

Bu haqda ishtirokchilarning fikrlarini bilish uchun Buxoro davlat universiteti Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i Ziyodulla Nurovga mikrofon tutdik.

U akkreditatsiyaning ahamiyati, universitet tajribasi, erishilgan natijalar hamda joriy yilda yangi ta’lim dasturlarining davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
33 3.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
28.07.2026 08:06
Chirchiq davlat pedagogika universitetining yangi taʼlim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Chirchiq davlat pedagogika universitetining akkreditatsiyaga taqdim etilgan 7 ta bakalavriat taʼlim dasturining barchasi muvofiq deb topildi.

Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan taʼlim dasturlari:

➖Amaliy sanʼat: badiiy kulolchilik;
➖Rangtasvir: dastgohli;
➖Sport faoliyati: badiiy gimnastika;
➖Sport faoliyati: dzyudo;
➖Sport faoliyati: futbol;
➖Sport faoliyati: kurash;
➖Sport faoliyati: voleybol.

Universitet faoliyatiga oid, shu jumladan davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
13 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
25.07.2026 13:14
Shahrisabz davlat pedagogika institutining 6 ta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasi asosida baholandi

Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Shahrisabz davlat pedagogika institutining 6 ta ta’lim dasturi baholandi. Shundan 4 ta ta’lim dasturi belgilangan sifat talablariga muvofiq deb topildi.
Bakalavriat:
➖ Dizayn: interyer dizayni;
➖ Menejment.

Magistratura:
➖Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi);
➖Menejment.


Quyidagi 2 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmadi:
➖Axborot tizimlari va texnologiyalari
➖Sun’iy intellekt.

Mazkur ta’lim dasturlari 10 nafar (5 nafari xorijiy) ekspert tomonidan baholandi.

Davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta’lim dasturlarining sertifikatlari ushbu havolada.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
39 4.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
25.07.2026 09:52
O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining yangi ta’lim dasturlarii davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi

Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2 ta yang ta’lim dasturi belgilangan sifat talablariga muvofiq deb topildi.

Bakalavriat:
➖Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili;
➖Dizayn: interyer dizayni.

Ta’lim dasturlari 2 nafar mahalliy va 2 nafar xorijiy ekspert tomonidan baholandi.

Ushbu havolada davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta’lim dasturlarining sertifikatlarini yuklab olish hamda hisobot yakunlari bilan tanishish mumkin.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
8 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
24.07.2026 14:27
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?

Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.

Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi?


27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.

Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning:


➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi;
➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari;
➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi.

Hurmatli ish beruvchilar!

So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz.

Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi!


English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
749 312.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
24.07.2026 09:03
Tanishing: mahalliy ekspertimiz

Dilfuza Egamberdiyeva
— Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori o‘rinbosari, professor hamda qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi bo‘yicha xalqaro ekspert.

Uning ilmiy va ekspertlik faoliyati qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan qishloq xo‘jaligi va barqaror agrotexnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Professor Dilfuza Egamberdiyeva dunyoning nufuzli ilmiy markazlari:

➖Angliyaning Manchester universiteti (QS reytingida 35-o‘rin);
➖Finlyandiyaning Helsinki universiteti (117-o‘rin);
➖Niderlandiyaning Leyden universiteti (119-o‘rin)
➖Germaniyaning Gumboldt universiteti (130-o‘rin);
➖Italiyaning Florensiya universitetida faoliyat olib borgan (358-o‘rin).

Dilfuza Egamberdiyeva O‘zbekistondagi eng yuqori h-indeks (h-index 54) ko‘rsatkichiga ega olimalardan biri bo‘lib, uning ilmiy ishlari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan.


English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
11 2.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
@nqaaeuz
24.07.2026 06:15
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yana 7 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi

Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 7 ta ta’lim dasturi ekspertlar xulosalari asosida belgilangan sifat talablariga muvofiq deb topildi.

Baholash jarayonlarida 7 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert ishtirok etib, ta’lim dasturlari xalqaro tajriba va milliy talablar asosida tahlil qilindi.

Bakalavriat – 6 ta ta’lim dasturi:

➖ Marketing;
➖ Sun’iy intellekt;
➖ Kiberxavfsizlik injiniringi;
➖ Barqaror transport;
➖ Aviatsiya muhandisligi;
➖ Iqtisodiyot.

Magistratura – 1 ta ta’lim dasturi:
➖ Ma’lumotlar ilmi (Data Science).

Quyidagi havola orqali maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tgan ta’lim dasturlari sertifikatlarini yuklab olishingiz mumkin.

English



Veb-sayt | Telegram | Instagram* | Facebook*
36 4.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

3.4K
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Veb-sayt: nqaae.uz
Instagram*: instagram*.com/nqaaeuz
Facebook*: facebook*.com/nqaaeuz
Aloqa bot: @nqaaeuzbot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram