Namangan viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi
Navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Davlat gerbi — Vatan sha’ni va milliy g‘ururimiz ifodasi (2-iyul - O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun)” mavzusida tashkil etilib, unda boshqarma shaxsiy tarkibi hamda videoselektor orqali shahar-tuman IIBlari ishtirok etdi. Mavzu yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi tomonidan tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shundan so‘ng, boshqarma rahbariyati hamda IIV SHXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan kamchiliklar va xodimlar bilan bog‘liq salbiy holatlar yuzasidan axborot berilib, xizmat intizomini mustahkamlash, kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIVning hamda Namangan viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi. Shu bilan birga, Namangan viloyati Ichki ishlar organlari tizimida samarali mehnat qilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bir guruh xodimlar boshqarmaning pul mukofotlari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram