avatar
Namangan IIB | Rasmiy kanal
@namanganiibuz
04.07.2026 12:00
#Xavfsiz_va_soglom_yurt

Migratsiya qonunchiligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda


“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida IIV mas'ul xodimlari hamda Namangan viloyati IIB huzuridagi Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolar bilan profilaktik uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga 2025-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1074-son Qonuni mazmun-mohiyati to'grisida tushunchalar berildi.

Shuningdek, mahallalarda aholisi va vaqtincha yashab turgan chet el fuqarolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, migratsiya qonunchiligi talablariga rioya etish hamda qonunbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Mazkur profilaktik tadbirlar hududlarda jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash, migratsiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|Youtube
7 2.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Namangan IIB | Rasmiy kanal

13.1K
🌐 Ижтимоий тармоқларимиз:
• Facebook*: fb.com/namanganiibuz
• Instagram*: instagram*.com/namanganiib.uz
• YouTube: youtube.com/@namanganiibuz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram