“Yoshlar kuni” doirasida Uchqo‘rg‘on tumanida o‘quv markaz faoliyati o‘rganildi
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Uchqo‘rg‘on tumanining "Ulug‘bek" mahallasida yangi o‘quv markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda tuman rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbat o'tkazilib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash har doim ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Shuningdek, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishilib, yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari va texnik jihozlar ko‘zdan kechirildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bunday loyihalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yo‘naltirish hamda o‘z ustida ishlashga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
Websayt| Telegram|Facebook*|Instagram*| Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram