“Lolazor”chilar bilan birga Germaniyaga borgandik, shuni birinchi videosi nihoyat tayyor bo‘libdi, mana: https://www.youtube.com/watch?v=x12yTHKcG6Y
Shu safarda bir kichik ichki musobaqa qilganmiz – har bir rezident Germaniyadan Germaniya haqida mualliflik hikoyalari tayyorlagan. Sizga qaysi rezidentning hikoyasi ko‘proq yoqsa, izohlarda o‘sha muallif ismini yozib ketsangiz, yakunda hisoblab, unga iPhone Air degan yangi matoh chiqibdi, shundan sovg‘a qilisharmish.
Bu gaplardan muddao, tushunib turganingizdek, “mening qo‘shig‘imga ovoz bering!”...
Hazil. Avvalo, videoni to‘liq ko‘ring – sizdan bizga, xususan, menga eng yaxshi sovg‘a shu. Keyin, qaysi hikoya ko‘proq yoqsa, o‘shaning muallifiga ovoz bering. Qo‘shimcha sifatida shuni aytishim mumkinki, boyagi iPhone uchun kurash – xuddi prezident saylovi kabi: g‘olib baribir oldindan ma’lum. Odamlar hali videoni ko‘rmay turib, “Hech kimga bermaymiz sizni, Otabek aka!”, deb izohlar yozib yotishibdi.
Lekin, mabodo, vaziyatni boshqa o‘zanga bura olamiz, tarixni o‘zgartiramiz, desanglar – marhamat. Hammasi siz “saylovchilar”ning qo‘lida ;)
Ishqilib, nima bo‘lsa ham, videoni ko‘ringlar:
https://www.youtube.com/watch?v=x12yTHKcG6Y
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram