avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
24.05.2026 08:55
Saida Mirziyoyeva Hindistonga boribdi. Nyu-Dehlida AQSh davlat kotibi Marko Rubioning Hindistonga tashrifi munosabati bilan uyushtirilgan qabul marosimida qatnashibdi, prezident Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili (toshkentlik) Serjio Gor bilan muloqotda bo‘libdi.

“Amerikalik hamkorlarimiz bilan savdo aloqalarini kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha jonli hamda mazmunli muloqotimizni davom ettirish imkoniyatidan mamnunman”, – deb ta’kidlabdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan xabarida.

Shu Serjio aka bilan yaqindagina, 18-may kuni Londonda ham muloqot qilingan edi. Bundan avval aprel va fevralda ham uchrashuvlar bo‘lgan. Oldinda, xususan, AQSh ham mezbonlik qiladigan mundial turibdi – eng kamida shu tadbir davomida ham yana muloqotlar bo‘lsa kerak hali.

Shunaqa – AQSh bilan munosabatlarimiz juda faol.
8 3.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muhrim / Муҳрим

13.9K
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
Открыть в Telegram