Agrobankdan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir innovatsion tashabbus
Ayni daqiqada “Agrobank” tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot formatidagi “Biznes muloqot” uchrashuvlari tashkil etilmoqda.
Mazkur uchrashuvlar Farg‘ona viloyatining barcha hududlarini qamrab olib, kichik va o‘rta biznes vakillari bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tadbirlar davomida bank va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, istiqbolli biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, bank xizmatlari sifatini oshirish hamda moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, uchrashuvlar doirasida savdo, boshqaruv va mijozlarga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi tajribali biznes-trenerlar ishtirokida amaliy seminarlar tashkil etilib, tadbirkorlarga zamonaviy savdo yondashuvlari, samarali boshqaruv mexanizmlari va mijozlar bilan ishlashning ilg‘or tajribalari bo‘yicha foydali tavsiyalar berilmoqda.
Ishtirokchilar esa o‘z biznesini rivojlantirishga oid yangi g‘oya va tashabbuslarini ilgari surish, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Bank mutaxassislari tadbirkorlarning murojaat va takliflarini bevosita tinglab, mavjud muammolarning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashmoqda.
3.5K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram