O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov akamiz Otabek Bakirovni sudga berib, Bakirov sindromiga chalingani haqida
Hayotda mana shunaqa qiziq odamlar ham bor — ko‘rishganda, ko‘z-ko‘z tushganda yaxshi gapirib, seni hatto ishga taklif qiladi, lekin oradan hech qancha o‘tmay, orqangdan melisaga shikoyat qiladi, sudga ariza kiritadi.
“Lolazor”ga kelganida Otabek akani Energetika vazirligiga ishga taklif qilgan (chin dildanmi, til uchidami, nima farqi bor; aytilgan so‘z — otilgan o‘q) vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov keyinroq
rosa ariza yozgan ekan. Endi, arizadan maqsad jazolatish-da.
Shuncha vaqtdan beri bu arizalarni qabul qilmay kelishayotgan ekan, lekin oxiri qabul qilib, sudga ham oshirvorishibdi. Eng qizig‘i shu yerda — arizalar Otabek akaning 2024-yil 9-dekabrdagi postlari bo‘yicha ekan, o‘sha vaqtda yozilgan post bo‘yicha Otabek akani javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan
oxirgi sana 2025-yil 9-dekabrda o‘tib ketibdi :)
Mana shu Bakirov sindromiga zo‘r misol. Ishing endi o‘xshadi, silliq o‘tdi deb o‘ylaganingda, oxirida bir yoqimsiz surpriz chiqib turadi, boshida ko‘zlagan asosiy maqsadingga yetolmay, battar o‘sal bo‘lasan.
Amaldorlarimiz qizig‘ey, yo‘q joydan anekdotlar yasab berishadi. Rosti, O‘zbekistonda qishda kim so‘kmagan energetika vazirini? O‘zining rahbarlari ham so‘ksa kerak. Haqoratga chidolmaydigan odam hammasini — kamida biror 15-20 mln odamni sudga berishi kerak-da endi. Yoki,
Yelsin bobo aytganidek, chidash kerak. Amaldor uchun eng yaxshi yechim shu.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram