avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
05.04.2026 18:10
Muhrim / Муҳрим Видео: Bu hafta jim o‘tirganim yo‘q, to‘g‘rirog‘i, tinim bilmadim. Masalan, 1-aprel kuni Nukusda Kontent markazi o‘tkazayotgan media haftalikda qatnashib keldim. 2004/2005 o‘quv yilidan beri internetda bir balolar qilib yurgan odamman, uncha-buncha tajriba ham to‘planib qolgan, Nukusda shu tajribaning bir qismini qo‘ldan kelganicha yosh hamkasblarimizga ulashishga harakat qildim (mashg‘ulotlarimda yarim million obunachisi bor qoraqalpoq blogerlari ham o‘tirganini ko‘rib, sal noqulay ahvolga tushganimni hisobga olmasa, hammasi yaxshi o‘tdi, shekilli); biror foydasi tekkandir. Yoshlar bilan qiziq baribir — masalan, Jizzaxdan Nukusga kelib, Qoraqalpog‘iston uchun media qilayotgan bolalar bor ekan — hayron qoldim; yurakning kattaligiga qoyil lekin. Shunaqa media haftaliklar iyungacha butun O‘zbekiston bo‘ylab bo‘larkan, navbatma-navbat. Birortasida balki ko‘rishib qolarmiz ;) PS. Nukusda men dars o‘tgan “ulkan o’tov” Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan ekan. Bunaqangi rekordlar bilan, adashmasam, birinchi uchrashuvim, shekilli — 2017-yilgi rekordchi oshga yetib borolmagandim :)
Payshanba kuni “Muvaffaqiyat kalitlari” podkastida mehmon bo‘ldim: https://youtu.be/WENuR0tNyKI?si=JjT6HMs4hL5bkAtg

Nazira opadan bu suhbat uchun juda qarzdor edim — bir safar syomka kuni podkastni bekor qilishga to‘g‘ri kelgandi. Uyoq-buyoqdan gaplashdik, ko‘proq soha haqida; ba’zi joylarida haddan tashqari qog‘ozga o‘rab gapirib yubordik, shekilli.

Erinmay ko‘rib, eshitib chiqsangiz, tanqid (va, ehtimol, so‘kish)laringizni @muhrimchatbot’da kutaman :)
YouTube
O'ZBEK JURNALISTIKASIGA ERKINLIK KERAK | 102tv podcast
@102tv TIMECODE 00:00 Teaser 1:00 Kirish - Podkastchi emasman! 2:58 Jurnalistik qadamlar 4:23 Birinchi ustozim - Onam 6:03 Futbol jurnalistikasi 8:03 Erkinlik 13:56 "Mahalladagi g'iybatchi xotinlar xam jurnalist" 14:49 Senzor - jamiyat bosimi 16:42 Urush haqida maqola 19:15 Ijtimoiy tarmoqlar almashinuvi 22:27 Instagram valyutasi bu e'tibor 26:02 Uzun videolar xam samarali 31:54 Sodda - tezkor kontent zamoni 34:58 New York Times gazetasi bilan tafovut 35:45 "Lolazor Podcast" g'oyasi 41:10 Youbuterlar hamjamiyati kerakmi? 43:10 Orzusidagi intervyu + Chukcha latifasi 47:32 Sevimli kitobi - "Arablar" 52:58 Sizdan nima qoladi? 55:14 O'zbekistonda nimani o'zgartirishni xohlardi? 59:31 O'lim siz uchun nima? 1:01:36 Mehmondan savol: "Sayohatda topgan eng katta haqiqatingiz?" 1:06:11 Keyingi mehmonga savol
62 24.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muhrim / Муҳрим

13.9K
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
Открыть в Telegram