avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
02.10.2025 13:19
Xivada o‘tkazilgan Xalqaro investitsiya forumi doirasida Avstraliyaning Allied Green Ammonia kompaniyasi rahbari bilan kelishuv imzolanibdi. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Avstraliya kompaniyasi 5,9 mlrd (ha, salkam olti milliard!) dollar investitsiya kiritib, Xorazmda ekologik toza aviayoqilg‘i ishlab chiqarmoqchi ekan.

5,9 mlrd dollar nimaligini tasavvur qilishingiz uchun, masalan, Xorazm viloyatining 2024-yil yakunlari bo‘yicha yalpi hududiy mahsuloti hajmi 51 trln 261 mlrd so‘mni tashkil etgan, bu hozirgi dollar kursida taxminan 4,2 mlrd dollar, degani. Ha, Avstraliyaning bitta kompaniyasi Xorazm viloyatiga uning bir yillik daromadidan ham ko‘proq investitsiya kiritmoqchi (ha, to‘g‘ri, birdan, bir kunda kiritmaydi shuncha pulni. Agar kiritsa).

Ba’zi manbalarda bu kelishuv Allied Biofuels kompaniyasi bilan imzolangani ta’kidlangan ekan. Allied Green Ammonia bilan kelishuv imzolangani aytilgan xabarlarda ham, Allied Biofuels bilan kelishuvga erishilgani yozilgan yangiliklarda ham ikkinchi tomon vakili (aniqrog‘i, rahbari) sifatida Benedikt Alfred ko‘rsatilgan, suratlarda bizning kotakonlar bilan qo‘l ushlashib, kulishib turgan ham o‘sha, Benya aka.

Manbalarda Allied Biofuels'ni “xorijiy kompaniya” deb yozishganiga, avvaliga, uni chet eldagi shu nomli kompaniya deb o‘ylabman. Aslida ta’sis shakli shunaqa ekan, ya’ni, O‘zbekistondagi (2025-yil 28-iyulda ochilgan) xorijiy korxona, ofisi ham Toshkentning Islom Karimov ko‘chasida. Allied Green Ammonia esa haqiqatan ham Avstraliyada, haqiqatan ham bor ekan shunday kompaniya (qayerdadir 8 mlrd dollarlikmikin loyihalar ham qilayotganmishmiyey; ishqilib).

Allied Green Ammonia'ning LinkedIn sahifasida tarmoqning yetti foydalanuvchisi o‘zini shu kompaniyaga aloqador deb ko‘rsatibdi. Ular orasida, masalan, Amir Aziz bor (u hatto Saida Mirziyoyeva bilan suratga ham tushgan ekan), Pokistondan to Meksikagacha bo‘lgan joylarda ishlagan Shoh Navoz Xon bor, Pokistonning Gujarot universitetida o‘qigan Ajmal Kristofer bor, ko‘p yillar Pokistondagi “Fatima” kompaniyasida ishlagan Horun Idris ham bor; Muhsin Hassan o‘zi haqidagi chuqurroq ma’lumotlarni ochiqlamagan ekan hali.

Meni bitta narsa hayron qoldirdi — Xorazmga Xorazmning yalpi hududiy mahsulotidan ham kattaroq summada investitsiya kiritmoqchi bo‘layotgan mazkur Avstraliya kompaniyasi vakillari Xorazm viloyati hokimi bilan uchrashuvga (suratda) nega arabcha liboslarda kelgan?
42 8.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muhrim / Муҳрим

14.2K
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
Открыть в Telegram