avatar
Muhrim / Муҳрим
@muhrim
23.09.2025 03:01
Bankda ishlaydigan bir xodimdan bir murojaat kelibdi:

“Chekka bir hududning chekka bir tumanida bankda, oddiy xodim bo‘lib ishlayman. O‘tgan yildan boshlab hukumat tomonidan banklarga yangidan doimiy ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha reja berila boshladi.

Salkam ikki yildan beri men har oy 10 nafar ishsiz fuqaroning pasportini topib, ularni MehnatUz platformasi orqali tanish firmalarga 0,25 stavkadan ishga joylashtirib, soliq hisobotlarida ularga oylik ish haqi hisoblab, ushbu fuqarolar uchun daromad solig‘ini o‘z maoshimdan to‘lab kelmoqdaman.

“Mana yaxshi bo‘lib qolar, ana yaxshi bo‘lib qolar” deb, yonimdan xarajat qilib, sabr bilan ishlab kelyapman. Faqat bir menda emas, balki O‘zbekiston bo‘yicha yana qanchadan-qancha bank xodimlarida ham ahvol shunday. Pichoqqa suyakka yetib keldi; odamda norozilik kayfiyati uyg‘onyapti.

Banklar qachon o‘z ishi bilan shug‘ullanadi?”.
129 10.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muhrim / Муҳрим

14.2K
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
Открыть в Telegram