QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Видео:
#Onlayn
Jomboy tumanida ko‘p kvartirali uylar infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Samarqand viloyatining Jomboy tumanida bo‘lib, Prezidentimizning 48-son qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Jarayonda hududdagi ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari hamda “Jomboy ishonch kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
Ayni paytda Jomboy tumandagi 19 ta ko‘p kvartirali uyda qariyb 964 million so‘mlik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, 82 ta kirish yo‘lagi hamda 2 ta uyning fasad qismi ta’mirlanmoqda.
Shuningdek, Prezidentimizning 48-son qarori asosida ko‘p kvartirali uylarning tutash hududida zamonaviy bolalar va sport maydonchasi barpo etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mahalliy budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan yana 6 ta uyning fasad qismlari hamda kirish yo‘laklari ta’mirlanmoqda.
— Prezidentimiz tomonidan ko‘p kvartirali uy-joy fondini yangilash, hovlilarni obod qilish va aholi uchun zamonaviy, qulay yashash muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun Jomboy tumanida amalga oshirilayotgan ishlar ham ana shu ezgu maqsadlarning amaliy ifodasidir. Muhimi, har bir loyiha aholining manfaatiga xizmat qilishi va sifatli bajarilishi zarur, — dedi Ozoda Jo‘rayeva.
O’rganishlar davomida mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, shuningdek, aholining taklif hamda ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
#Onlayn
Shuningdek, o‘rganishlar davomida
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev ham hududga tashrif buyurdi.
Tadbir davomida mas’ullar bilan birgalikda ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini kompleks obodonlashtirish, zamonaviy bolalar va sport maydonchalarini barpo etish hamda yashash muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida hudud obodligini ta’minlashda aholining daxldorligi va faolligini oshirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yakunlangach, ushbu hudud zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi uchun yanada qulay va fayzli maskanga aylanadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Web| Instagram*|Facebook*|Telegram| Youtube|
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram