avatar
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
@minstroyuz
06.08.2026 10:00
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Видео: #Onlayn Jomboy tumanida ko‘p kvartirali uylar infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Samarqand viloyatining Jomboy tumanida bo‘lib, Prezidentimizning 48-son qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Jarayonda hududdagi ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari hamda “Jomboy ishonch kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi. Ayni paytda Jomboy tumandagi 19 ta ko‘p kvartirali uyda qariyb 964 million so‘mlik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, 82 ta kirish yo‘lagi hamda 2 ta uyning fasad qismi ta’mirlanmoqda. Shuningdek, Prezidentimizning 48-son qarori asosida ko‘p kvartirali uylarning tutash hududida zamonaviy bolalar va sport maydonchasi barpo etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mahalliy budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan yana 6 ta uyning fasad qismlari hamda kirish yo‘laklari ta’mirlanmoqda. — Prezidentimiz tomonidan ko‘p kvartirali uy-joy fondini yangilash, hovlilarni obod qilish va aholi uchun zamonaviy, qulay yashash muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun Jomboy tumanida amalga oshirilayotgan ishlar ham ana shu ezgu maqsadlarning amaliy ifodasidir. Muhimi, har bir loyiha aholining manfaatiga xizmat qilishi va sifatli bajarilishi zarur, — dedi Ozoda Jo‘rayeva. O’rganishlar davomida mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, shuningdek, aholining taklif hamda ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling |Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
#Onlayn

Shuningdek, o‘rganishlar davomida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev ham hududga tashrif buyurdi.

Tadbir davomida mas’ullar bilan birgalikda ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini kompleks obodonlashtirish, zamonaviy bolalar va sport maydonchalarini barpo etish hamda yashash muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida hudud obodligini ta’minlashda aholining daxldorligi va faolligini oshirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yakunlangach, ushbu hudud zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi uchun yanada qulay va fayzli maskanga aylanadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling

|Web| Instagram*|Facebook*|Telegram| Youtube|
3
🔥 1
🕊 1
8 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
@minstroyuz
06.08.2026 09:18
#Onlayn

Jomboy tumanida ko‘p kvartirali uylar infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Samarqand viloyatining Jomboy tumanida bo‘lib, Prezidentimizning 48-son qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Jarayonda hududdagi ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari hamda “Jomboy ishonch kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

Ayni paytda Jomboy tumandagi 19 ta ko‘p kvartirali uyda qariyb 964 million so‘mlik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, 82 ta kirish yo‘lagi hamda 2 ta uyning fasad qismi ta’mirlanmoqda.

Shuningdek, Prezidentimizning 48-son qarori asosida ko‘p kvartirali uylarning tutash hududida zamonaviy bolalar va sport maydonchasi barpo etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mahalliy budjet va homiylik mablag‘lari hisobidan yana 6 ta uyning fasad qismlari hamda kirish yo‘laklari ta’mirlanmoqda.

— Prezidentimiz tomonidan ko‘p kvartirali uy-joy fondini yangilash, hovlilarni obod qilish va aholi uchun zamonaviy, qulay yashash muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun Jomboy tumanida amalga oshirilayotgan ishlar ham ana shu ezgu maqsadlarning amaliy ifodasidir. Muhimi, har bir loyiha aholining manfaatiga xizmat qilishi va sifatli bajarilishi zarur, — dedi Ozoda Jo‘rayeva.


O’rganishlar davomida mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, shuningdek, aholining taklif hamda ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling

|Web| Instagram*|Facebook*|Telegram| Youtube|
3
🔥 1
🕊 1
4 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
@minstroyuz
06.08.2026 06:55
#BirlikShahri

🏗Yangi Toshkentda vazirlik va idoralarning ma’muriy binolari qurilishi jadal sur'atlarda davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling

|Web| Instagram*|Facebook*|Telegram| Youtube|
3
👍 2
🔥 1
6 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
@minstroyuz
06.08.2026 06:14
#JARAYON

Andijon, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Unda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalar, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan fikr almashildi.

Andijon viloyatidagi tadbirkorlar tomonidan arxitektura-shaharsozlik kengashlarida loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonlarini yanada tezkor va qulay tashkil etish, raqamli tizimlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.

Buxoro viloyati tadbirkorlari tomonidan o‘zlariga tegishli hududlarda ko‘p qavatli turar joylar, zamonaviy kottejlar hamda savdo majmualarini barpo etish uchun zarur ruxsat berish tartib-taomillari va amaliy ko‘mak masalalari ko‘tarildi.

Qashqadaryo viloyatida esa mavjud bino va inshootlarning funksional vazifasini o‘zgartirish, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning savol va takliflari yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning ijrosini nazoratga olish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling

|Web| Instagram*|Facebook*|Telegram| Youtube|
1
🔥 1
🕊 1
1 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

17.7K
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://gov.uz/oz/mc
📲 https://www.facebook*.com/minstroyuz
https://www.instagram*.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Yangi Toshkent hududi
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram