#JARAYON
Surxondaryo viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Videokonferensiya aloqa shaklida tashkil etilgan ochiq muloqotda vazirlik mas’ullari, hududiy tashkilotlar rahbarlari hamda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan qurilish jarayonlarini tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirish, loyiha va ekspertiza ishlari samaradorligini oshirish, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
Shuningdek, qurilish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, loyiha tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, energiya tejamkor yechimlardan foydalanishni kengaytirish hamda sohada tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Web|
Instagram*|
Facebook*|
Telegram|
Youtube|
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram