* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
1000KITOB
@mingkitobuz
вчера, 05:21
Kitob tanlashda soha ovozi muhim

1000KITOB kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yetib bordi.

Loyihadagi adabiyotlarning salmoqli qismi iqtisodiyot, moliya, boshqaruv va zamonaviy tafakkur bilan bog‘liq. Shu bois navbatdagi manzil – Markaziy bank.

Uchrashuvda bugungi kitoblar, ertangi tanlovlar haqida ham gaplashildi. Ayniqsa, kitob tanlashda soha vakillarining tajribasi va tavsiyalaridan foydalanish muhimligi qayd etildi.

Shundan kelib chiqib, o‘zbek kitobxoniga zarur zamonaviy adabiyotlarni aniqlash, yoshlarning iqtisodiy va moliyaviy bilimlarini boyitadigan kitoblarni tavsiya etish hamda yangi tarjimalar bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.


Biz qamrovni tobora kengaytiryapmiz. Chunki yaxshi kitobni tanlash uchun kitobxon ehtiyojini ham, soha vakillarining fikrini ham bilish muhim.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
🔥 9
❤‍🔥 8
8
👏 2
🤩 1
💯 1
1 1 568
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
1000KITOB
@mingkitobuz
11.08.2026 08:54
#yangi_loyiha

Kitob yopilgan joyda fikrlar ochiladi.


Fikr almashishga maydon hozirlayapmiz.

14-avgust kuni soat 18:00 da Yoshlar ishlari agentligi Founders kafeda “Charx” atrofida jamlanamiz.

Ilk mehmonimiz – siyosiy fanlar doktori, “Loyihasiz tartib: Bozorlar shaharlarni qanday shakllantiradi?” kitobi tarjimoni Bekzod Zakirov.

Fikr fikrni charxlaydi. Keling, suhbatga qo‘shiling!

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
🔥 8
❤‍🔥 5
5
👍 4
20 764
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
1000KITOB
@mingkitobuz
10.08.2026 16:59
Cornell professorlari – 1000KITOBda

AQSHning nufuzli Cornell University professorlari 1000KITOB loyiha ofisiga tashrif buyurdi.

1865-yilda asos solingan Cornell University ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘lashga alohida e’tibor qaratadigan universitetlardan biri.


Tashrif davomida mehmonlarga loyiha doirasida jahon ilmiy-ommabop adabiyotlarini saralash, tarjima va tahrir jarayonlari, ekspertlar bilan ishlash hamda kitoblarni o‘zbek kitobxoniga yetkazishgacha bo‘lgan bosqichlar haqida ma’lumot berildi.

Cornell professorlari kitob tanlash va sifatli kontentni o‘quvchiga yetkazish borasidagi yondashuvlar yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.

Bunday uchrashuvlar 1000KITOB uchun xalqaro akademik tajribani o‘rganish, loyihadagi mavjud yondashuvlarni tashqi ekspertlar nigohi bilan baholash va yangi professional aloqalar uchun imkoniyat yaratadi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
❤‍🔥 7
🔥 6
4
3
2 759
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
1000KITOB
@mingkitobuz
07.08.2026 14:34
🔹Huquq sohasida qaysi kitoblar eng zarur?
🔹Qaysilari albatta o‘zbek tiliga tarjima qilinishi kerak?

1000KITOB jamoasi Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida bo‘lib, shu yuzadan fikr almashdik.

Huquqiy yo‘nalishdagi eng muhim adabiyotlarni saralash va ularni loyiha doirasida tarjima qilish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildik.


Telegram
 | Facebook* | Instagram* | YouTube
👍 7
🔥 5
2
2 1 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
1000KITOB
@mingkitobuz
07.08.2026 08:54
📚 Yanada ko‘proq kitobxonlar sari!

1000KITOB jamoasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva bilan uchrashdi.

Loyiha doirasida nashr etilgan kitoblar Milliy kutubxonaga topshirilib, quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi:

▫️ tavsiyaviy adabiyotlar bazasini shakllantirish;
▫️ bolalar adabiyotlari ulushini kengaytirish;
▫️ loyiha kitoblarini kitobxonlarga yanada yaqinlashtirish.

Shuningdek, tarjima huquqi egalari roziligi asosida loyiha kitoblarining elektron nusxalarini O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga beg‘araz taqdim etish va ularni elektron kutubxona fondiga kiritish bo‘yicha ham kelishib olindi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
🔥 10
❤‍🔥 4
3
2
7 2 850
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
1000KITOB
@mingkitobuz
06.08.2026 05:53
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” va “Yoshlar uchun ming kitob” loyihalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Loyiha vakillari tinglovchilar, professor-o‘qituvchilar hamda Akademiya xodimlariga ushbu loyihalarning maqsadi, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ulardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
8
3
👍 3
🔥 3
👏 1
4 964
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

1000KITOB

5.4K
dunyo – O‘zbek tilida!
Открыть в Telegram