avatar
1000KITOB
@mingkitobuz
10.08.2026 16:59
Cornell professorlari – 1000KITOBda

AQSHning nufuzli Cornell University professorlari 1000KITOB loyiha ofisiga tashrif buyurdi.

1865-yilda asos solingan Cornell University ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘lashga alohida e’tibor qaratadigan universitetlardan biri.


Tashrif davomida mehmonlarga loyiha doirasida jahon ilmiy-ommabop adabiyotlarini saralash, tarjima va tahrir jarayonlari, ekspertlar bilan ishlash hamda kitoblarni o‘zbek kitobxoniga yetkazishgacha bo‘lgan bosqichlar haqida ma’lumot berildi.

Cornell professorlari kitob tanlash va sifatli kontentni o‘quvchiga yetkazish borasidagi yondashuvlar yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.

Bunday uchrashuvlar 1000KITOB uchun xalqaro akademik tajribani o‘rganish, loyihadagi mavjud yondashuvlarni tashqi ekspertlar nigohi bilan baholash va yangi professional aloqalar uchun imkoniyat yaratadi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
❤‍🔥 7
🔥 6
4
3
2 759
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

1000KITOB

5.4K
dunyo – O‘zbek tilida!
Открыть в Telegram