avatar
1000KITOB
@mingkitobuz
вчера, 05:21
Kitob tanlashda soha ovozi muhim

1000KITOB kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yetib bordi.

Loyihadagi adabiyotlarning salmoqli qismi iqtisodiyot, moliya, boshqaruv va zamonaviy tafakkur bilan bog‘liq. Shu bois navbatdagi manzil – Markaziy bank.

Uchrashuvda bugungi kitoblar, ertangi tanlovlar haqida ham gaplashildi. Ayniqsa, kitob tanlashda soha vakillarining tajribasi va tavsiyalaridan foydalanish muhimligi qayd etildi.

Shundan kelib chiqib, o‘zbek kitobxoniga zarur zamonaviy adabiyotlarni aniqlash, yoshlarning iqtisodiy va moliyaviy bilimlarini boyitadigan kitoblarni tavsiya etish hamda yangi tarjimalar bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.


Biz qamrovni tobora kengaytiryapmiz. Chunki yaxshi kitobni tanlash uchun kitobxon ehtiyojini ham, soha vakillarining fikrini ham bilish muhim.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
🔥 9
❤‍🔥 8
8
👏 2
🤩 1
💯 1
1 1 568
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

1000KITOB

5.4K
dunyo – O‘zbek tilida!
Открыть в Telegram