avatar
MINENERGY.UZ
@minenergy_uz
31.07.2026 15:46
#rasmiy_munosabat

Suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar nazoratga olindi

Bugun Kun.uz internet nashrida Farg‘ona viloyatining Quva tumanida suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlar yuzasidan xabar e’lon qilindi.

Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishdagi kechikishlar, gaz ballonlarining to‘ldirilishi, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va xodimlarning muomala madaniyati bilan bog‘liq holatlarning har biri o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Shuningdek, oxirgi oylarda respublika hududlarida suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq yuzaga kelgan mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Hurmatli iste’molchilar, yuqoridagi kabi masalalar yuzasidan murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, respublika bo‘yicha tashkil qilingan shtablarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube | X | Veb-sayt
13 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
MINENERGY.UZ
@minenergy_uz
31.07.2026 13:03
#fikringiz_muhim

Hurmatli iste’molchilar!

Energetika vazirligi elektr va tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha Call-markazlar 1154 va 1104 faoliyatini yanada takomillashtirish hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Sizning fikr va takliflaringiz Call-markazlar faoliyati samaradorligini baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda aholiga yanada tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.

So‘rovnoma natijalari asosida Call-markazlar ishini takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish va iste’molchilarga qulay xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanadi.

Sizlarni so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz. Har bir fikringiz biz uchun muhim!

—————
#ваше_мнение_важно

Уважаемые потребители!

Министерство энергетики проводит опрос с целью дальнейшего совершенствования деятельности Call-центров 1154 и 1104 по вопросам электро- и газоснабжения, а также повышения качества услуг, оказываемых потребителям.

Ваше мнение и предложения позволят оценить эффективность работы Call-центров, выявить существующие недостатки, а также обеспечить более оперативное и качественное обслуживание потребителей.

По результатам опроса будут определены дополнительные меры по совершенствованию работы Call-центров, повышению качества работы с обращениями и улучшению качества услуг, оказываемых потребителям.

Приглашаем вас принять активное участие в опросе. Каждое ваше мнение важно для нас!

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube | X | Veb-sayt
61 18.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
MINENERGY.UZ
@minenergy_uz
31.07.2026 07:34
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari yanada takomillashtirildi

Bu o‘zgarishlar nimani anglatadi? Iste’molchilar uchun qanday yengilliklar yaratiladi? Qanday yangi talablar joriy etilmoqda?

Qoidalarda shu paytgacha ishlatib kelingan “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” atamasi o‘rniga “ta’minotchi” atamasi qo‘llaniladi.

Ushbu o‘zgarish kelajakda elektr energiyasi bozorida bir nechta ta’minotchi faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan raqobatli tizimga bosqichma-bosqich o‘tish uchun huquqiy asos yaratadi.

Yangi tartiblar 2026-yilning 31-iyulidan kuchga kiradi.

👉Batafsil

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube | X | Veb-sayt
28 4.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
MINENERGY.UZ
@minenergy_uz
30.07.2026 18:25
#ochiq_muloqot
 
“Hamma hujjatingiz to‘g‘ri bo‘lsa, siz “Elektr tarmoqlari”dan iltimos qilmang, talab qiling. Bunga to‘liq haqqingiz bor” — Energetika vaziri tadbirkorlarga
 
Bugun Yangiyo‘l tumanida Energetika vaziri Sherzod Xodjayev hamda tuman hokimi San’atbek Jumaniyazov ishtirokida tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
 
Unda tumanda faoliyat yuritayotgan 27 nafar tadbirkor ishtirok etib, (17 ta elektr va 6 ta gaz va boshqa) elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, tarmoqlardagi uzilishlar, yoz oylarida elektr quvvati va qish mavsumida gaz bosimining yetarli emasligi, elektr va gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olish, energiya resurslari bo‘yicha qarzdorlik hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaat va takliflarini bildirdi.
 
Muloqot davomida ko‘tarilgan murojaatlarning bir qismi yuzasidan shu yerning o‘zida amaliy yechimlar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha esa tadbirkorlarga batafsil tushuntirishlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan joyiga chiqqan holda qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilishi hamda natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
 
Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalarni bekor qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish Energetika vazirligi vakolatiga kirmasligi, bunday masalalar amaldagi qonunchilikka muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqilishi mumkinligi yuzasidan tushuntirish berildi.
 
Tadbirkorlarga elektr va gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda rasmiylashtirilishi, bu kabi masalalarni elektr yoki gaz ta’minoti korxonalari xodimlari bilan norasmiy tartibda hal etishga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlandi.
 
Shuningdek, agar tizim xodimlari tomonidan manfaat evaziga noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilgani haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, tadbirkorlardan bu haqda tegishli organlarga yoki Energetika vazirligiga murojaat qilish so‘raldi. Bunday holatlarga nisbatan murosasiz choralar ko‘rilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda taqdim etilishi ma’lum qilindi.

“Hamma hujjatingiz to‘g‘ri bo‘lsa, siz “Elektr tarmoqlari”dan iltimos qilmang, talab qiling. Bunga to‘liq haqqingiz bor”, dedi energetika vaziri tadbirkorlar bilan uchrashuvda.
 
Ochiq muloqotlar davom ettiriladi. Yangiyo‘l tumani va boshqa yana 14 ta tumanda shtablar faoliyati davom etmoqda.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube | X | Veb-sayt
36 6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
MINENERGY.UZ
@minenergy_uz
30.07.2026 10:51
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Energetika sohasidagi hamkorlik strategik yoʻnalish sifatida belgilandi. Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi boʻyicha bitimni imkon qadar tezroq imzolab, uni amaliy bosqichga oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

—————

Состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Кыргызской Республики Садыром Жапаровым в узком составе и с участием членов официальных делегаций.

Стратегическим направлением определено сотрудничество в энергетической сфере. Отмечена важность скорейшего подписания соглашения и начала практической фазы проекта строительства Камбаратинской ГЭС-1.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube | X | Veb-sayt
5 3.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

MINENERGY.UZ

28.1K
Energetika vazirligining rasmiy kanali

gov.uz/oz/minenergy
facebook*.com/energetikavazirligi
instagram*.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
https://t.me/minenergychat
Manzil:Yangi Toshkent markazi, Energetiklar koʻchasi, 22-bino
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram