avatar
MINENERGY.UZ
@minenergy_uz
31.07.2026 15:46
#rasmiy_munosabat

Suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar nazoratga olindi

Bugun Kun.uz internet nashrida Farg‘ona viloyatining Quva tumanida suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlar yuzasidan xabar e’lon qilindi.

Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishdagi kechikishlar, gaz ballonlarining to‘ldirilishi, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va xodimlarning muomala madaniyati bilan bog‘liq holatlarning har biri o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Shuningdek, oxirgi oylarda respublika hududlarida suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq yuzaga kelgan mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Hurmatli iste’molchilar, yuqoridagi kabi masalalar yuzasidan murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, respublika bo‘yicha tashkil qilingan shtablarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube | X | Veb-sayt
13 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

MINENERGY.UZ

28.1K
Energetika vazirligining rasmiy kanali

gov.uz/oz/minenergy
facebook*.com/energetikavazirligi
instagram*.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
https://t.me/minenergychat
Manzil:Yangi Toshkent markazi, Energetiklar koʻchasi, 22-bino
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram