avatar
MINENERGY.UZ
@minenergy_uz
10.03.2026 06:00


Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi

Respublikamiz hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab ortdi. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

Bunday sharoitda, eng avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab Respublikamizdagi “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Mazkur chora-tadbirlar, avvalo, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi.

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
1.3K 150.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

MINENERGY.UZ

29.4K
Energetika vazirligining rasmiy kanali

gov.uz/oz/minenergy
facebook*.com/energetikavazirligi
instagram*.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
https://t.me/minenergychat
Manzil:Yangi Toshkent markazi, Energetiklar koʻchasi, 22-bino
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram