avatar
MINENERGY.UZ
@minenergy_uz
02.12.2024 09:00
“Avto24” ilovasi: foydalanuvchilar soni qisqa vaqtda 50 mingtaga yaqinlashdi

Xabaringiz bor, joriy yil 20-noyabr kuni Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ va “UNITED IT COMPANY” (“UIC Group”) MCHJ tomonidan aholiga yonilgʻi quyish, gaz toʻldirish hamda elektr quvvatlash shoxobchalari haqida onlayn maʼlumot beruvchi “Avto24” ilovasi test sinovida ishga tushirilgan edi.

Oʻtgan vaqt mobaynida ilovaga aholi va biznes subyektlaridan kelib tushgan takliflar asosida bir qator oʻzgartishlar kiritildi.

Ayni kunga qadar “Avto24” ilovasi Android platformasi uchun 30 ming 843 marta, iOS platformasi uchun esa 5 ming 757 marta yuklab olindi. Shuningdek, unga 1 ming 606 ta elektr zaryadlash stansiyasi, 1 ming 481 ta metan zapravka, 4 ta propan zapravkasi hamda 8 ming 884 ta avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari ulangan boʻlib, jami foydalanuvchilar soni 48 ming 575 tani tashkil qilmoqda.

Isteʼmolchilar ilova yordamida oʻz atrofidagi benzin, metan yoki propan zapravkalarining ishlayotganini, u yerdagi sharoitlar (hojatxonaning mavjudligi, toʻlov muassasalari hamda qahvaxonalarning koʻzda tutilganligi)ni real vaqt rejimida kuzatishlari, elektr zaryadlash qurilmasining band yoki band emasligini aniqlashlari mumkin.

Qolaversa, ilova yordamida mahsulot narxini yoki qaysidir yonilgʻi turining bor-yoʻqligini ham bemalol bilsa boʻladi.

Aholiga yonilgʻi quyish, gaz toʻldirish hamda elektr quvvatlash shoxobchalari haqida onlayn maʼlumot beruvchi “Avto24” ilovasi hozirgi paytda test sinovi tariqasida ishlashda davom etmoqda. Ayni kunlarda uni tegishli navigator xizmatlari bilan integratsiya qilish va faoliyat koʻrsatayotgan shoxobchada navbatning uzunligi hamda kutish vaqti haqida aniq maʼlumot berishni yoʻlga qoʻyish ustida ishlanmoqda.

Isteʼmolchilar mazkur ilovani Android va iOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin.

Mobil ilova dasturidagi maʼlumotlar avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Agar Sizda ilovani yanada takomillashtirish va qulayligini oshirish boʻyicha takliflar boʻlsa, ilovaning sharh qoldirish boʻlimi yoki Energetika vazirligining press@minenergy.uz elektron pochtasi orqali bildirishingiz mumkin.

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube | X | Veb-sayt
17 5.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

MINENERGY.UZ

27.9K
Energetika vazirligining rasmiy kanali

gov.uz/oz/minenergy
facebook*.com/energetikavazirligi
instagram*.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
https://t.me/minenergychat
Manzil:Yangi Toshkent markazi, Energetiklar koʻchasi, 22-bino
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram