avatar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
@minecofinuz
30.07.2026 12:50


Qurilish materiallari sanoatida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi hamkorlik modeli — ilmiy ishlanmadan sanoat mahsulotigacha bo‘lgan ekotizm yo‘lga qo‘yildi
 
Farg‘ona viloyati misolida qurilish materiallari sanoatidagi muammolarni ilmiy- texnologik yechimlar asosida bartaraf etish hamda yangi avlod mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida ilm-fan va biznes oʻrtasida hamkorlik mexanizmi dastlabki sinov “Ilmiy-texnik konsorsium” yig‘ilishi tashkil etildi.
 
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Umid Abidxadjayev, olimlar, tadqiqotchilar va 40 ga yaqin yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalari, quruvchi va developerlar hamda davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
 
Olimlar va tadqiqotchilar tomonidan tarmoq muammolari hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga qaratilgan 30 dan ortiq ilmiy-texnologik yechimlar taqdim etildi va pitch-sessiyalar o'tkazildi.

Jumladan, pitch-sessiyalari yakunida ilmiy-tadqiqot instituti va biznes o‘rtasida   dastlabki ilmiy-hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi:
bazalt asosidagi innovatsion kompozit profillarni ishlab chiqarish orqali import (metall va yog‘och) o‘rnini bosuvchi  mahsulotlarni yaratish;
grafen membranalari yordamida sanoat suvini tozalash orqali mahsulot sifatini oshirish;
 mahalliy kaolinni boyitish orqali yuqori sifatli xomashyo olish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish.

Shuningdek, korxonalar muammolari asosida dastlabki “Muammolar banki” shakllantirilib, tajriba-sinov (pilot) uchun istiqbolli ishlanmalar saralab olindi va ularni loyiha sifatida amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilab olindi.

Batafsil

#Qurilish #Muammolar_banki

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Х
4
🔥 3
12 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

26.3K
▪️www.gov.uz/imv
▪️facebook*.com/mineconomfin
▪️twitter.com/minecofinuz
▪️linkedin.com/company/minecofinuz/
▪️instagram*.com/minfinuzb

📞 +998(71)203-31-71
📍Toshkent sh., Istiqlol, 29
📧info@imv.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram