“Uzagrostar xolding” kompaniyasi hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB hamkorligida “Mening tomorqam” platformasining taqdimoti o‘tkazildi
Tadbir avvalida
“Uzagrostar xolding” muassisligidagi ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan
hududlarda amalga oshirilayotgan zamonaviy loyihalar aks etgan videorolik namoyish etildi.
Tadbirda
“Uzagrostar xolding” kompaniyasi direktori
F. Muxiddinov hamda
“Biznesni tivojlantirish banki” boshqaruvi raisi o‘rinbosari
N. Abbosov so'zga chiqib,
yangi platformaning imkoniyatlari va ahamiyati to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Ta'kidlandiki, mazkur platforma
davlatimiz rahbarining qarori asosida, agrar yo‘nalishda faoliyat yurituvchi
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Tadbir doirasida
“Uzagrostar xolding” qoshidagi
“Agrostar konsalting” hamda ixtisoslashgan kompaniyalar
tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikda
tayyorlangan milliy brend ostidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Youtube
| Х
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram