� “Tashabbusli budjet”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi
“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan47 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 18,2 mlrd so‘m ajratilib, 47 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.
Ma'lumot uchun: amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.
G‘olib loyihalar ro‘yxati bilanmazkur havola orqali tanishish mumkin.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram