“Markaziy Osiyo: unumdorlikdan farovonlik sari” xalqaro forumi doirasida Jizzax viloyatiga amaliy tashrif
Xalqaro forum doirasida ishtirokchilar
Jizzax viloyatida joylashgan
bir qator yirik sanoat va ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib, hududlarda unumdorlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda
sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida quyidagi
obyektlar faoliyati o‘rganildi:
O‘zbek–Xitoy maxsus sanoat zonasi — qo‘shma loyihalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlari va investitsion muhit;
Artel zavodi — kir yuvish mashinalari va chang yutgichlar ishlab chiqarish jarayonlari, avtomatlashtirish darajasi;
Deya Qandolat fabrikasi — zamonaviy qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish liniyalari;
ADM Jizzax — avtomobil sanoati yo‘nalishidagi yirik ishlab chiqarish korxonasi.
Mazkur tashrif ishtirokchilarga
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
innovatsion yechimlarni joriy etish hamda
hududiy sanoat salohiyatini mustahkamlash borasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish imkonini berdi.
#unumdorlik #productivity
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Youtube
| Х
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram