Poytaxtda “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi o‘tkaziladi
Respublikamizda madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijodiy jarayonlarda birlashtirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, soha rivojida fidoyiligini hamda tashabbuskorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 1-4-aprel kunlari Toshkent shahrida “Yoshlik bahori” iqtidorli ijodkor yoshlar forumi o‘tkaziladi.
“Yoshlik bahori” forumi 300 nafardan ortiq iqtidorli va tashabbuskor, ijodkor yoshlarni birlashtiradi.
Forum doirasida yoshlarga madaniyat va san’at sohasida manfaatli quyidagi 18 yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkaziladi:
“Yoshlik bahori” Respublika yosh opera ijrochilari festivali;
Yosh ijrochilar o‘rtasida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi;
“Yosh balet ijrochilari” respublika tanlovi;
“Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanlovi;
“Folk party” respublika folklor jamoalari festivali;
Taniqli shaxslar ishtirokida motivatsion sessiyalar;
Mahorat darslari va seminar-treninglar.
Shuningdek, yosh olimlar ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy-madaniy omillari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.
Forum doirasida o‘tkaziladigan tanlov va festivallarda ishtirok etishga shoshiling!
Bog'lanish uchun telefon: +998 88 438 48 98
Ma'lumot o'rnida, mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston ¬ 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga ko'ra, tashkil etilmoqda.
“Yoshlik bahori” — iste’dod, tajriba va kelajak sari dadil qadamdir!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram