Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev
@kuranbayev_k
#Muloqot
Yoshlarga imkoniyat yaratish har bir masʼulning vazifasi!
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bilan birga, tegishli korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirokida buxorolik yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdik. Unda Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini viloyatda to‘la-to‘kis ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimini samarali joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuvda talaba-yoshlar, bitiruvchilar hamda uyushmagan yoshlarning bandlik, ta'lim, kasb tanlash, tadbirkorlik va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga oid murojaat hamda takliflarini tingladik. Muloqot davomida viloyatdagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash, vakant ish o'rinlariga yo'naltirish va yoshlarning salohiyatini ro'yobga chiqarish masalalariga alohida e'tibor qaratdik.
Bildirilgan har bir murojaat mas'ullar ishtirokida ko'rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Shuningdek, faol va tashabbuskor yoshlarni rag'batlantirdik hamda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta'lim va bandlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari haqida fikr almashildi.
Yoshlarimizning bilimli, tashabbuskor va Vatan ravnaqi yo'lida munosib hissa qo'shadigan mutaxassislar bo'lib kamol topishi yo'lidagi ishlarimiz izchil davom etadi.
@Kuranbayev_K
Instagram*.com/Kuranbayev_K

👍 40
👏 8
🔥 7
🏆 1
2 8K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram