* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev
@kuranbayev_k
29.07.2026 06:49
Yaponiyada taraqqiyot va yuksak tartib-intizom avvalo har bir fuqaroning o‘zidan boshlangan. Navbatga rioya qilish, ko‘chalarni toza saqlash, vaqtni qadrlash hamda jamoat manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish ularning kundalik odatiga aylangan.

Shuni unutmaylikki, tartibli va farovon jamiyat faqat yirik islohotlar bilangina emas, balki har bir insonning kundalik odobi, mas'uliyati va intizomi bilan bunyod etiladi. Shu bois, har bir mahallada ana shunday ijobiy muhitni shakllantirish va uni yanada mustahkamlash yo‘lida birgalikda faol harakat qilaylik.

emoji @Kuranbayev_K
emoji Instagram*.com/Kuranbayev_K
👍 61
👏 12
5
🔥 1
1.2K 897K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev
@kuranbayev_k
29.07.2026 03:44
Mahalla — inson kapitali va barqaror taraqqiyot tayanchi.

BMT bosh kotibi o'rinbosari, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi ijrochi direktori Diyene Keyta Konigil mahallasida bo‘lib, mahalla institutining jamiyatni birlashtirish va oilalarni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim o‘rnini alohida e’tirof etdi.

emoji @Kuranbayev_K
emoji Instagram*.com/Kuranbayev_K
👍 39
👏 9
🎉 5
🔥 1
174 806K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev
@kuranbayev_k
27.07.2026 11:02
Yangiyo‘l tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha maxsus shtab tashkil etiladi. Unga energetika vaziri Sherzod Xodjayev boshchilik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning o‘rinbosari bo‘ladi.

Mas’ullar ikki haftada tumanning 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning oylik, choraklik va yillik talabini o‘rganadi. Shu asosda “energiya iste’moli balansi” shakllantiriladi.

Qaysi mahallada transformator yoki gaz taqsimlash qurilmasini yangilash, qayerda tarmoq tortish zarurligi aniq belgilanadi. ASKUE va ASKUG tizimiga mos kelmaydigan hisoblagichlar almashtirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning uzluksiz aloqasi ta’minlanadi.

Elektr va gaz yo‘qotishlarini 2 karra kamaytirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bunda zarur mablag‘ning qanchasi tizim korxonalari, qanchasi mahalliy qo‘shimcha daromad hisobidan ajratilishi aniq ko‘rsatiladi.

Yirik iste’molchi bo‘lgan korxonalar energiya auditidan o‘tkazilib, ularni tejamkor texnologiyalarga o‘tkazish uchun banklar tomonidan resurs ajratiladi. Barcha bog‘cha, maktab, texnikum, shifoxona va poliklinikalarning energiya sarfi tahlil qilinib, toifalarga ajratiladi.

Ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi diagnostika qilinadi, qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘chama-ko‘cha ish olib boriladi. Barcha ishlar 1-oktabrgacha yakunlanib, Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantiriladi.

emoji @Kuranbayev_K
emoji Instagram*.com/Kuranbayev_K
👍 40
🔥 1
👏 1
20 10.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev
Переслано от Kun.uz | Расмий канал
24.07.2026 10:00
Ўзбекистоннинг янги қиёфаси: Шавкат Мирзиёев ислоҳотлари мамлакатни қандай ўзгартирмоқда?

Ўзбекистон 2016 йилда иқтисодий жиҳатдан анча ёпиқ, қўшнилар билан муносабатлари совуқ, бизнес ва хусусий сектор имкониятлари чекланган мамлакат эди.

Орадан ўн йил ўтаркан, мамлакат ташқи сиёсатдан тортиб иқтисодиёт, давлат бошқаруви ва жамият ҳаётигача бўлган деярли барча соҳаларда кенг кўламли ислоҳотларни бошдан кечирди.

👉 https://kun.uz/kr/58062887

Kun.uz расмий канали
👍 49
👏 7
🔥 6
2
🏆 1
12 9.6K
avatar
Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev
@kuranbayev_k
24.07.2026 05:29
#Muloqot

Yoshlarga imkoniyat yaratish har bir masʼulning vazifasi!

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bilan birga, tegishli korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirokida buxorolik yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdik. Unda Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini viloyatda to‘la-to‘kis ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimini samarali joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuvda talaba-yoshlar, bitiruvchilar hamda uyushmagan yoshlarning bandlik, ta'lim, kasb tanlash, tadbirkorlik va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga oid murojaat hamda takliflarini tingladik. Muloqot davomida viloyatdagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash, vakant ish o'rinlariga yo'naltirish va yoshlarning salohiyatini ro'yobga chiqarish masalalariga alohida e'tibor qaratdik.

Bildirilgan har bir murojaat mas'ullar ishtirokida ko'rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Shuningdek, faol va tashabbuskor yoshlarni rag'batlantirdik hamda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta'lim va bandlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari haqida fikr almashildi.

Yoshlarimizning bilimli, tashabbuskor va Vatan ravnaqi yo'lida munosib hissa qo'shadigan mutaxassislar bo'lib kamol topishi yo'lidagi ishlarimiz izchil davom etadi.

emoji @Kuranbayev_K
emoji Instagram*.com/Kuranbayev_K
👍 40
👏 8
🔥 7
🏆 1
2 8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev

74.3K
Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси раиси Қуронбоев Қаҳрамон Қўчқоровичнинг расмий саҳифаси

• Instagram*: instagram*.com/kuranbayev_k
• Facebook*: facebook*.com/kuranbaev.k
• Twitter: x.com/kuranbayev_k
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram