Suriyada Bashar Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi
Sobiq prezident harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. U hozir oilasi bilan Moskvada yashamoqda.
Bashar Asadning amakivachchasi, Dar’a viloyatidagi norozilik namoyishlarini bostirishga rahbarlik qilganlikda ayblangan Suriya armiyasining sobiq brigada generali Atif Najib ham ayni jazoga mahkum etildi. U 2025-yil yanvar oyida hibsga olingan va sud uning ishtirokida o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, Asadning yana yetti nafar safdoshi o‘lim jazosiga hukm qilindi. Ular ham sobiq prezidentning o‘zi kabi sirtdan sudlangan. Bu shaxslar qasddan odam o‘ldirish hamda o‘limga olib kelgan qiynoqlarni qo‘llashda aybdor deb topilgan.
👉
https://kun.uz/uz/34221598
Kun.uz rasmiy kanali
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram