avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 17:09
«Paxtakor» Iordaniya klubini mag‘lub etib Elit OChL liga bosqichiga chiqdi

Toshkentliklar saralash o‘yinida «Al-Husayn» klubi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. Endi «Paxtakor» Farg‘onaning «Neftchi» klubi bilan birga qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

👉 https://kun.uz/uz/01733269

Kun.uz rasmiy kanali
👏 52
👍 15
8
😐 4
6 7.2K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 16:10
Suriyada Bashar Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi

Sobiq prezident harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. U hozir oilasi bilan Moskvada yashamoqda.

Bashar Asadning amakivachchasi, Dar’a viloyatidagi norozilik namoyishlarini bostirishga rahbarlik qilganlikda ayblangan Suriya armiyasining sobiq brigada generali Atif Najib ham ayni jazoga mahkum etildi. U 2025-yil yanvar oyida hibsga olingan va sud uning ishtirokida o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, Asadning yana yetti nafar safdoshi o‘lim jazosiga hukm qilindi. Ular ham sobiq prezidentning o‘zi kabi sirtdan sudlangan. Bu shaxslar qasddan odam o‘ldirish hamda o‘limga olib kelgan qiynoqlarni qo‘llashda aybdor deb topilgan.


👉 https://kun.uz/uz/34221598

Kun.uz rasmiy kanali
11
👍 9
😐 2
🤔 1
😭 1
2 9K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 15:29
Rossiyaga yoqilg‘i taqchilligi qaytmoqda

Sochida yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi vaziyat tufayli aholidan shaxsiy avtomobillarda yo‘lga chiqishdan tiyilish so‘raldi.

👉 https://kun.uz/uz/50049539

Kun.uz rasmiy kanali
👍 22
😁 16
9
9 9.4K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 15:04
SI orqali “obodonlashtirilgan” mahalla va «Qovun sayli»dagi rekord — mahalliy dayjest

▪️Navoiyda sunʼiy intellekt orqali “obodonlashtirilgan” mahalla bo‘yicha hokimlik uzr so‘radi.

▪️Xivadagi «Qovun sayli» festivali Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

▪️Jizzaxdagi ayanchli YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.

▪️Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalar dori emasligi haqida ogohlantirdi.

▪️Bo‘stonliqda tog‘da adashib qolgan 7 kishi qutqarildi.

🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/uz/52418056

Kun.uz rasmiy kanali
5
🔥 4
👍 2
😁 1
4 9.5K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 14:10
Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan.

Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29-avgust – 1-sentabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30-avgust – 1-sentabr) dam oladi.

🟡 29-avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni
🔴 30-avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni
🔴 31-avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni
🔴 1-sentabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni

2-sentabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni.

Kun.uz rasmiy kanali
17
👍 9
😁 1
110 11.1K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 14:04
“Palov indeksi”: O‘zbekistonda osh tayyorlash bir yil ichida qanchaga qimmatlashdi?

2025-yilning iyul oyidan 2026-yilning iyul oyigacha bo‘lgan davrda osh pishirish uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar qiymati hududlar kesimida 7 foizdan 10 foizgacha oshdi. Eng ko‘p narx ko‘tarilishi Xorazm, Andijon va Buxoro viloyatlarida kuzatilgan.

Xususan, o‘tgan yilning iyul oyida Xorazmda 1 kilo osh damlash uchun 106 ming so‘mlik bozorlik qilish kerak edi, bu yil mazkur ko‘rsatkich qariyb 118 ming so‘mga yetgan.

👉 https://kun.uz/uz/76328023

Kun.uz rasmiy kanali
😐 10
😁 4
3
9 9.3K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 13:10
Hokimliklarda korrupsion jinoyatlar keskin ko‘paydi

2024-yilda mahalliy hokimliklarning 106 nafar xodimi korrupsion jinoyatlar uchun sudlangan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 497 nafarni tashkil etdi.

Eng ko‘p korrupsiya sodir etiladigan hududlar ro‘yxatida Andijon viloyati birinchi o‘rindan tushmay kelmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/58446871

Kun.uz rasmiy kanali
😁 57
👍 9
🤔 7
😐 6
4
😭 2
9 10K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 12:38
Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi

Hakimov urushni targ‘ib qilish moddasi bo‘yicha oqlangan, lekin tuhmat, haqorat va milliy adovat qo‘zg‘atish moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan. Uning muallifidagi Comrade_Aziz telegram-kanali bloklanadi.

👉 https://kun.uz/uz/02534219

Kun.uz rasmiy kanali
👍 32
7
👏 7
10 10.5K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 12:03
🤯 11
😭 7
6
😐 3
🔥 2
🤔 1
2 10.8K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 11:04
Jizzaxda Onix va Volkswagen to‘qnashuvida 2 kishi halok bo‘ldi

YTH Zomin tumani hududida sodir bo‘lgan: Onix mashinasi yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Volkswagen bilan to‘qnashgan. Oqibatda, har ikki mashina haydovchisi vafot etgan.

👉 https://kun.uz/uz/41007438

Kun.uz rasmiy kanali
😭 35
6
🤯 5
🔥 3
25 11.4K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 10:10
Ukraina hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar va Kolumbiyada dahshatli zilzila – kun dayjesti

• Kolumbiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila: kamida 132 kishi halok bo‘ldi, yuzlab insonlar jarohatlangan;

• Tataristonda Ukrainaning dron hujumi oqibatida kamida 13 kishi, jumladan 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi;

• Donald Tramp Erondan — urushlar, hujumlar va namoyishlarda halok bo‘lganlar uchun tovon talab qildi;

• Turkiya parlamenti «Kurdiston ishchi partiyasi» jangarilari uchun cheklangan amnistiya to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi;

• Suriya va Rossiya Tartus hamda Xmeymimdagi harbiy bazalar bo‘yicha kelishuvga erishdi;

• AQSH davlat departamenti Tramp ma’muriyati davrida chet elliklarning 175 mingdan ortiq vizalarini bekor qildi.

👉 https://kun.uz/uz/98428093

Kun.uz rasmiy kanali
14
1 11.8K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 09:27
Makka pakti va Trampning yangi talabi | «Geosiyosat»

Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston uch davlatdan biriga qilingan qurolli hujumni barchasiga qilingan tajovuz deb belgilovchi mudofaa paktini imzoladi.

Ukrainaning Tataristonga bergan zarbalari oqibatida 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Rossiyada urushga qarshi «Yabloko» partiyasining saylovdagi ishtiroki cheklab qo‘yildi. Tramp Erondan tovon puli talab qilyapti.

Xalqaro maydondagi muhim mavzular muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi «Geosiyosat» dasturida.

Telegram'da ko‘rish

YouTube'da ko‘rish
14
👍 1
6 11.5K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 09:12
Trampning qurilishi to'xtaydi - AQSH appelyatsiya sudi

Oq uyning sharqiy qanoti o'rnida 400 million dollarlik bal zali qurilishini federal sud noqonuniy e'lon qilib, qurilishni to'xtatishni buyurdi. Sudyalar hay'ati qurilish uchun Kongress ruxsat berishi va ungacha yer ustidagi har qanday jarayon to'xtashi lozimligini eslatdi. Tramp esa sud qarorida norozi, oliy sudga appelyatsiya bilan murojaat qilishini bildirdi.

👉 https://kun.uz/uz/81117882

Kun.uz rasmiy kanali
16
😁 9
👍 1
3 11.5K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 07:36
Rossiyada «Yabloko» raqobatchi partiya talabi bilan saylovdan chetlatildi

«Rodina» partiyasi da’vosidan ma’lum bo‘lishicha, urushga qarshi pozitsiya – ekstremizm, ChatGPT orqali tayyorlangan suratlar esa – mualliflik huquqini buzish hisoblanadi.

📹 👉 https://kun.uz/uz/29002310

Kun.uz rasmiy kanali
😁 35
10
🤯 2
😐 2
4 12.1K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 07:01
Ruminiyada suv tanqisligi AES ishiga xavf solmoqda

Ruminiyada qurg‘oqchilik oqibatida Dunay suvi rekord darajada pasayishi atom energetikasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, daryo oqimini o‘zgartirish va AES atrofida suv sathini sun’iy ravishda ko‘tarish choralaridan so‘ng amaldagi reaktor kamida yana to‘qqiz kun ishlay oladi.

Ruminiyada avgust oyi davomida energetik favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

👉 https://kun.uz/75712765

Kun.uz rasmiy kanali
🤔 10
7
😭 4
🔥 2
👏 1
🤯 1
😐 1
4 12.2K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 06:05
Surxondaryoda haydovchining qarindoshlari YPX xodimlariga tan jarohati yetkazdi

Holat Angor tumanida sodir bo‘lgan. YPX xodimlarini ko‘rgan Damas haydovchisi qochib, shubhali harakat sodir etgan. Uni kuzatib borgan YPX xodimlari yashash uyi yaqinida to‘xtatib, spirtli ichimlik hidi kelgani sababli tibbiy ko‘rikka olib bormoqchi bo‘lgan.

Shunda hodisa joyiga haydovchining yaqin qarindoshlari va qo‘shnisi yetib kelib, ikki xodimga tan jarohati yetkazgan.

👉 https://kun.uz/uz/84313469

Kun.uz rasmiy kanali
😁 36
👍 33
🤯 14
12
😭 6
👏 1
😐 1
11 12.7K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 05:05
Kolumbiyadagi zilzilada 132 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyada 7,4 magnitudali kuchli zilzila oqibatida kamida 132 kishi halok bo‘ldi, 570 kishi jarohatlandi.

Mamlakat prezidenti Abelardo de la Esprielya umummilliy favqulodda holat e’lon qilib, barcha mavjud resurslarni tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga safarbar qilishni buyurdi.

👉 https://kun.uz/uz/31125896

Kun.uz rasmiy kanali
😭 24
11
😐 3
🔥 1
7 12.7K
avatar
Kun.uz | Rasmiy kanal
@kunuz
вчера, 04:00
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oshdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyul oyida 589,8 mln dollarga ko‘payib, 1-avgust holatiga 64,34 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘tgan oy davomida zaxiralarning valyuta qismi 208,6 mln dollarga, oltin qismining qiymati 365,2 mln dollarga oshdi.

O‘z navbatida, regulyator investitsiya kiritgan qimmatli qog‘ozlar portfeli 1,1 mlrd dollarga yoki 38 foizga qisqardi.

👉 https://kun.uz/uz/45397420

Kun.uz rasmiy kanali
👍 26
5
6 12.9K

Kun.uz | Rasmiy kanal

71.7K
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook*.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram*.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram