Qashqadaryo viloyati IIB da boshqarma jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida fuqarolarni murojaatlari bo‘yicha qabul o‘tkazildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatchilarning ichki ishlar organlari bilan bog‘liq shikoyatlariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan
qabulda tizimning tergov, profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlari hamda ichki ishlar organlariga ishga kirish masalalari yuzasidan murojaatlar eshitilib, hal etish choralari ko‘rildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, mas’ullarga hal etish topshirig‘i berilildi.
Muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarni ayrimlari hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt talab etadiganlarini bartaraf etish nuqtayi nazaridan soha mas’ullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram