avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
вчера, 08:25
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari — mahoratdan xalqaro maydon sari!

Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Mazkur tanlov Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari hamda ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tanlov g‘oliblari endilikda o‘z kasbiy mahoratini WorldSkills xalqaro musobaqasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🏅 “WorldSkills” xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga 2 500 BHM, ya’ni 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa 450 BHM, ya’ni 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
👍 13
3
🏆 3
🔥 2
🥰 2
🤩 2
133 12K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
05.08.2026 08:19
Ertangi muvaffaqiyat bugungi tanlovdan boshlanadi

Kasbiy ta’lim tizimida IT yo‘nalishini tanlagan yoshlar zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallab, nafaqat yurtimizda, balki xalqaro mehnat bozorida ham raqobatbardosh mutaxassis sifatida o‘z o‘rnini topmoqda.

IT — bu innovatsiyalar, cheksiz imkoniyatlar va professional o‘sish sari yo‘l. Bugun olgan bilimingiz ertangi muvaffaqiyatingizning mustahkam poydevoriga aylanadi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube | X
2
🔥 2
🙏 1
👨‍💻 1
12 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
05.08.2026 05:23
3
👍 2
🔥 1
🥰 1
👏 1
3 2K
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
04.08.2026 11:40
O‘zbekistondagi kasbiy ta’lim bo‘yicha islohotlar xalqaro ekspertlar e’tiborida

Dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri, ETH Zürich universiteti tomonidan e’lon qilingan yakuniy xalqaro hisobotda O‘zbekistonning 2021–2025-yillarda kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlari xalqaro ekspertlar tomonidan eng muvaffaqiyatli tajribalardan biri sifatida e’tirof etildi.

Hisobot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 12 ta yirik ta’lim islohotlari portfeli orasida yuqori natija ko‘rsatdi

"O‘zbekiston 24" telekanali orqali islohotlar natijalari hamda xalqaro ekspertlarning baholari efirga uzatildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube | X
👏 5
👍 4
3
🥰 2
😍 2
🏆 2
11 3.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
04.08.2026 08:07
👍 5
4
🔥 2
👏 1
😍 1
💯 1
11 3.5K
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
04.08.2026 05:16
👍 5
4
👏 3
🥰 1
8 3.1K
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
03.08.2026 15:18
Har bir jonivor mehr va himoyaga loyiq

Hayvonlar insonning sodiq do‘sti va tabiatning ajralmas qismidir. Ularga nisbatan mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish — har birimizning insoniy burchimiz.

Ba’zan bir piyola suv, ozgina ozuqa yoki shunchaki ozor bermaslikning o‘zi ham bir jonni saqlab qolishi mumkin.

🤝Jonivorlarga mehr bilan munosabatda bo‘laylik, ularni asraylik va atrofimizdagilarga ham mehr-shafqatning ahamiyatini targ‘ib qilaylik. Chunki ezgulik kichik amallardan boshlanadi!

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube | X
7
🕊 2
👨‍💻 2
🔥 1
🥰 1
🙏 1
18 4.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
03.08.2026 12:12
👍 4
🔥 3
👏 2
💯 2
1
21 5K
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
03.08.2026 08:31
👍 6
4
🔥 3
🥰 2
👏 2
🤝 1
12 3.8K
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
01.08.2026 08:37
Texnikum pedagoglari Xitoyda sanoat robototexnikasi bo‘yicha xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etdi

Kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining Guandun provinsiyasida sanoat robototexnikasi bo‘yicha tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etdi.

Dastur “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi hamda Xitoy – Markaziy Osiyo hamkorligi doirasida amalga oshiriladi va sanoat robototexnikasi yo‘nalishida zamonaviy bilim hamda xalqaro tajribalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.

Malaka oshirish dasturi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun mo‘ljallangan:
Sanoat robototexnikasi;
Mexatronika;
Elektr avtomatlashtirish texnologiyalari;
Intellektual boshqaruv texnologiyalari;
Intellektual ishlab chiqarish uskunalari;
Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash;
Sanoat jarayonlarini avtomatlashtirish;
Intellektual elektromexanika;
Servis robotlarini qo‘llash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
Machine Vision (mashina ko‘rish) tizimlari hamda boshqa turdosh yo‘nalishlar.


Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube | X
14
👍 9
🔥 3
28 5.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
31.07.2026 09:55
Kasbiy ta’limdagi xalqaro hamkorlik Koreya matbuotida e'tirof etildi

Kasbiy ta’lim agentligi va Janubiy Koreyaning INHA TECHNICAL COLLEGE vakillari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida respublikamizdagi texnikumlarda “Bort kuzatuvchilarni tayyorlash” (Cabin Crew) yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu tashrif va hamkorliklar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tajriba almashish jarayonlari hamda kasbiy ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslar Janubiy Koreya gazetasida keng yoritildi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube | X
7
🏆 4
🥰 3
👍 2
9 6.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
31.07.2026 06:34
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik olib borilmoqda

Toshloq tumani 3-son texnikumida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida:
ishtirokchilar texnikum hududida barpo etilgan “Master House”;
ochiq osmon ostidagi kutubxona;
obodonlashtirish ishlari;
o‘quv va amaliyot xonalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdilar.


E’tiborlisi, Toshloq tumani 3-son texnikumi jamoasi o‘tgan yili “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib bo‘lib, loyiha doirasida o‘quv binolarining tashqi fasadi va deraza romlari to‘liq rekonstruksiya qilindi.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube | X
65
🔥 49
👍 43
🎉 41
🤩 33
23 4.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
30.07.2026 13:56
Seojeong universityda 800 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda

Kasbiy ta’lim agentligi hamda Janubiy Koreyaning Seojeong university o‘rtasida transport, global sanoat hamda global moda va dizayn yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlar amalga oshiriladi:
transport, global sanoat hamda global moda va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlarini rivojlantirish;
o‘quvchilar uchun xalqaro standartlarga mos ta’lim va amaliyot imkoniyatlarini kengaytirish;
qo‘shma ta’lim dasturlari hamda akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish;
pedagoglar malakasini oshirish va tajriba almashishni tashkil etish;
bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish.


emoji Ma’lumot uchun, bugungi kunda Seojeong universityda 800 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olib, zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube | X
7
👍 4
🕊 2
9 3.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Kasbiy ta’lim agentligi

11.3K
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/kasbiytalim
instagram*.com/kasb_edu
facebook*.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram