Jizzaxda yuk tashish faoliyati qonuniy izga tushmoqda
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi, IIB YHXB hamda Transport boshqarmasi xodimlari hamkorligida keng ko‘lamli o‘rganish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Maqsad — yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarni qo‘llab-quvvatlash, faoliyatdagi uzilishlarni bartaraf etish va biznesni qonuniylashtirishdir.
Jizzax shahrida: Faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan YaTT Sharifov Javohir Oltinbek o‘g‘liga tegishli yuk transportining faoliyati qayta tiklanishiga ko‘maklashildi. Shuningdek, fuqarolar Ibragimov Ulug‘bek va Oktamov Sardorga qonuniy ishlash afzalliklari tushuntirildi.
G‘allaorol tumanida: Hamkorlikdagi targ‘ibot tadbirlari natijasida bir kunda 16 ta yuk transporti egasi YaTT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Forish tumanida: 20 dan ortiq yuk transportiga elektron hisob-faktura (EHF) rasmiylashtirildi. 5 nafar haydovchi o‘z faoliyatini to‘liq qonuniylashtirib, davlat budjetiga qo‘shimcha tushumlar undirilishiga hissa qo‘shdi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram