avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 12:09
Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Shuhrat Djurayev, Yagona buyurtmachi xizmati IK DM direktori Dostonbek Qoplonov hamda masʼullar tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” o‘yingohining tomoshabinlar o‘rindiqlari ustki qismini yopish va mukammal ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Jizzax viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK DM buyurtmachiligida "YIGIRMANCHI TREST O‘N OLTINCHI VAKILLIK" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur obyektda qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlari asosida bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Bugungi kunda yer ishlari hamda metall ustunlarni o‘rnatish ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, ferma o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda. Qurilish jarayonlari belgilangan texnik talablar asosida tashkil etilib, zarur materiallar zaxirasi shakllantirilgan.

O‘rganish davomida mas’ullar tomonidan ishlar sifatini ta’minlash, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda qurilish sur’atlarini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalasi alohida nazoratga olindi.


https://gov.uz/oz/jizzax  sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook*|YouTube|Instagram*|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
5 617
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram