avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
14.04.2026 12:02
Jizzax viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 14–17 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik munosabati bilan Jizzax viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet tomonidan tezkor gidrometeorologik ogohlantirish e’lon qilindi.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, viloyatning Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari xavf yuqori bo‘lgan hududlar sifatida qayd etilgan. Ayniqsa, tog‘li va soylar atrofida joylashgan aholi punktlarida yashovchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish so‘ralmoqda.

So‘nggi kunlarda yomg‘ir suvlarining ko‘payishi nafaqat tog‘li hududlarda sel kelishi, balki pastlik joylarda suv to‘planishi va ayrim hududlarni suv bosishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, ayniqsa Zomin va Baxmal yo‘nalishlarida harakatlanayotgan haydovchilarga yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lish, tezlikni meyorda saqlash va xavfsiz yo‘nalishlarni tanlash tavsiya etilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar xizmati ham aholidan rasmiy axborot manbalarini doimiy kuzatib borishni, soy va ariqlar yaqinida bo‘lmaslikni, dam olish uchun tog‘li hududlarga chiqishni vaqtincha cheklashni so‘ramoqda.

Xususan, Zomin, Forish va Baxmal kabi tabiiy dam olish maskanlariga boruvchi fuqarolar ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakat qilishlari lozim. Chunki kuchli yog‘ingarchilik oqibatida tog‘ yo‘llarida ko‘chki va sel xavfi ortishi mumkin.

Mutasaddilar tomonidan barcha tegishli xizmatlar yuqori shay holatga keltirilgan bo‘lib, aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

��https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:��

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
9 7.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram