Jizzaxdagi BMB AGRO PLUS korxonasida piyozni chuqur qayta ishlash jarayoni qizg‘in davom etmoqda
Yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Jizzax viloyatida joylashgan BMB AGRO PLUS korxonasi bu yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni qo‘llagan holda, ayni kunlarda piyoz mahsulotlarini quritish jarayonini yuqori sur’atlarda olib bormoqda.
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada yetishtirilgan hosil dastlab qat’iy nazorat ostida saralanib, so‘ngra maxsus avtomatlashtirilgan uskunalarda yuviladi va bir xil o‘lchamda to‘g‘raladi. Quritish jarayonida mahsulotning tabiiy ta’mi, rangi va tarkibidagi barcha foydali mikroelementlarini saqlab qolishga asosiy urg‘u berilmoqda.
Bunday tayyor mahsulot nafaqat ichki bozorni sifatli xomashyo bilan ta’minlash, balki eksport salohiyatini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Zero, quritilgan mahsulotlar tashish uchun qulayligi va uzoq muddat davomida sifatini yo‘qotmasligi bilan xorijiy hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otapti.
BMB AGRO PLUS jamoasining bunday innovatsion yondashuvi hudud iqtisodiyotini yuksaltirish bilan birga, mahalliy mahsulotlarimizning jahon bozoridagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram