avatar
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
@jizzaxviloyatihokimligi
13.04.2026 12:02
PF-154-son Prezident Farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi 2022-yildan boshlab har yili  “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.

2025-yil yakunlari bo'yicha o‘tkazilgan bu yilgi baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi. Baholash jarayoni 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga os
hirildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

2022-yildagi, yaʼni ilk  baholash ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda “yashil” toifadagilar 3,5 barobarga ko‘paygan bo‘lsa, “sariq” toifadagilar 2 barobar va “qizil” toifadagilar 3 barobarga kamayg
an.
Ochiqlik bo‘yicha eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zavtosanoat” AJlari, Transport nazorati inspeksiyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etildi.

Respublika darajasidagi tashkilotlardan — O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, hududiy miqyosda esa Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklari eng past ko‘rsatkichlarni qayd etib, “qizil” toifada baholandi.

Agentlik tomonidan kelgusida baholash jarayonlarini quyi tizimlarda ham amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, 2026-yil 2-yarmidan sinov tariqasida Navoiy viloyatining tuman va shahar hokimliklari, tashkilotlari faoliyati ochiqligi darajasini index.anticorruption.uz platformasida baholash rejalashtiril
moqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
5 6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

16.1K
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://gov.uz/oz/jizzax

“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot

Facebookdagi* murojaat uchun havola:
https://www.facebook*.com/pressslujba/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram