Jizzaxlik sportchilar Issiqko‘l xalqaro Gran-pri musobaqasida yuksak natijalarga erishdi
Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l hududida velosport bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli xalqaro Gran-pri musobaqasida jizzaxlik sportchilar munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar.
Musobaqada velosport bo‘yicha milliy terma jamoaning yetakchi a’zolaridan biri Saparov Muxriddin yorqin chiqish qilib, 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Uning muvaffaqiyatli ishtiroki nafaqat musobaqadagi g‘alabani, balki xalqaro maydonda yurtimiz sporti salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Shuningdek, Sattorova Gulhayo ham munosib ishtirok etib, 1 ta oltin va 1 ta kumush medal sohibi bo‘ldi. Sportchining yuqori mahorati, qat’iyati va irodasi musobaqa natijalarida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Eng muhimi, mazkur musobaqada qayd etilgan yuqori natijalar orqali Saparov Muxriddin 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun zarur bo‘lgan reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi. Bu esa uning kelgusi nufuzli musobaqalarda ishtirok etishi hamda Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun, Jizzax viloyatida mazkur sport turiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ayni paytda 100 ga yaqin yoshlar xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 8 nafar malakali murabbiy qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram